Buhayro rohib kim?

0
375

Buhayro Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yoshlik paytida shomda masihiy rohib bo‘lgan. «Al-adabul Vizantiya» kitobida shunday deyilgan: «Buhayro Aryus va Nastur mazhabidagi Nasturiy rohib edi. U Masihni iloh ekanligini inkor qilar va uni iloh deb nomlash mumkin emas. Balki uni «Kalimatulloh» deb chaqirishlik lozim bo‘ladi. Onasi Maryam esa bir insonning onasi ilohning onasi emas der edi. Buhayro protestant falakiyotshunos munajjim bo‘lgan. U shomga olib boruvchi yo‘lda o‘ziga bir kulbani lozim tutgan edi. U karvonlar o‘tadigan vaqtda shu kulbada bo‘lardi. Va karvonlardagi insonlarni Allohning o‘zigagina ibodat qilishga chaqirar va but-sanamlarga ibodat qilishdan qaytarar edi. Uni «Mazhab» ismli shogirdi bor edi.

Mazhab aytadiki: Buhayro zolim yahudiylardan birining fitnasi tufayli qatl qilingan.

Buhayro ismi Suroniy tilda «mohir olim» degan ma’noni anglatadi. «Dairotul maorifil islamiyya» kitobida shunday deyilgan: Buhayro ismi Oromiy tildagi Buhayro so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib «saylangan» degan ma’noni anglatadi. Bu uning laqabi bo‘lgan.

Boshqa bir rivoyatda masihiy Buhayroning ismi «Sarjiyus» yoki «Jarjiyus» deyilgan.

Muhammad Rizoning «Muhammadur Rosululloh» kitobidan tarjima.

4-kurs 78-guruh talabasi Sobirov Tohirjon.

Load More In MAQOLALAR