Mazhabga ergashishish.

0
201

Mazhabga ergashishish.

❓Savol:

   Musulmon kishi islomiy mazhablardan biriga ergashishi lozimmi yoki mazhablarni tark qilib Qur’on va sunnatdan hukm olaveradimi yoki bu yerda biror tafsilot bormi?

💬Javob:

   Musulmon kishida Qur’on va sunnatdan hukm chiqarishga va ular dalolat qilgan narsadan murodni fahmlashga malaka hosil boʻlsa va om, xos va xoslangan om va nosix, mansuxni va mujmaldan mufassarni va muhkamdan mutashobihni ajrata bilsa va oyat va hadislarni zohiri bir-biriga zid boʻlganlarini oʻrtasini muvofiqlashtiriga imkoniyatli boʻlsa,faqihlar va mazhablardagi gaplarga murojat qilmasdan Qur’on va sunnatdan hukmlarni oʻzi olishi joiz boʻladi.

   Zikr qilingan narsalar quyidagilar bilan sifatlanish bilan hosil boʻladi:

•Arab tili grammatikasi,navh va sarfni bilish,chunki bu ikki ilm arab lafzlarini tushunishda asosdir.

•Bu oyat va hadislar borasida aytilgan fikrlarni bilish.

•Usuliy qoidalarni bilish.

•Ahkom oyatlari va hadislarini bilish.

•Allohdan qoʻrquvchi,omonatni va taqvoli boʻlish.

   Qur’on oyatlari lafzini toʻgʻri qiroat qilishni eplay olmaydigan va hadislar matnini nahv qoidalarga mos toʻgʻri oʻqiy olmaydigan kishi arab tili ularni tilini tug’ma sifati boʻlgan va risolatga yaqin asrlarda yashagan fuqaholarga va mazhablarga past nazar bilan qarashi zolimlik va adolatsizlikdandir.

   Qurʼon karimdagi :

«ٱتَّخَذُوا أَحْبَارَهُمْ وَ رُهْبَانَهُمْ أَرْبَابًا مِنْ دُونِ الَلَّهِ «{التَّوْبَةُ: ٣١}

   «Ular Allohni qoʻyib oʻzlarining hibr va rohiblarini robb tutdilar.»

                       {Tavba surasi 31-oyat}

Fuqoholarni mana shu oyatdagi hibr va rohiblarga oʻxshatish xatodir.

   Bu notoʻgʻri qiyosdir chunki ahli kitoblarning hibr va rohiblari oʻz qavmlariga Tavrot va Injilda boʻlmagan hukmlarni shariat qilib berganlar va manashu oʻzlari chiqargan hukmlar Allohning hukmiga muxolif ekanligini bilib turib shu hukmlarga ergashganlar.Bunday qilish bilan ular oʻzlarini hukm chiqarishda huddi Allohga oʻxshatganlar.

   Ammo mazhab ulamolari yangi shariat chiqaruvchi emas balki,oyat va hadislar dalolat qilgan ma’nolarni bayon qilib,ravshanlashtirib berganlar va yangi masalalarni oyat va hadis dalolat qilgan ma’nolarga moslashtirganlar.Har bir juz’iy masalani islom qoidalaridan birini ostiga kirgizganlar.

   Mazhabboshi va unga ergashuchi huddi ikki kishiga oʻxshaydi.Biri oʻtkir koʻzli va oyning avvalida oyni qayerdan chiqishini biladi va boshqasi koʻzi zaif va oyning oʻrnini bilmaydi.Birinchi kishi qarab oyni koʻradi ikkinchisi esa koʻrmaydi va birinchi kishi ikkinchisiga oyni osmondagi oʻrniga ishora qiladi va shunday qilib ikkinchisi ham oʻtkir koʻzli sherigi yordamida oyni koʻradi.

✍️Shayx Doktor Abdumalik ibn Abdurrahmon as-Sa’diy.

📚»Daqiq islomiy tushunchadagi bid’at» kitobidan.

4-kurs 78-guruh talabasi

Odiljonov Abdulaziz

Load More In MAQOLALAR