MAQOLALAR Islomda poklik 11 мая, 2023 0 262 Islomda musulmonlarning pokiza, toza bo’lishlariga, hamisha har joyda pok yurish-turishlariga katta eʻtibor bilan qaraladi. Chunki Alloh taoloning amri shunday! Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning nasihatlari shunday! Sababi Islom dini pokizalik, go’zallik ustiga qurilgan. Shariatimiz pokiza odamdan ifloslik, razillik chiqmaydi, duosi ijobat bo’ladi, deb hisoblaydi. Poklik – mo’minnig ko’zgusi. “Poklik – iymonning yarmidir”,- deganlar janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam . Islom musulmonlarning toza, pok bo’lishlarini taʻminlashda eng mayda-chuyda «ikir-chikir»largacha aralashgan. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam sunnatlari orqali bu sohadagi yo’l-yo’riq va ko’rsatmalarni targ’ib qiladi. Allohning mo’min zimmasidagi haqqi yetti kunda barcha aʻzosini to’la yuvib, g’usl qilishdir. Dinimizda er-xotin munosabatidan keyin, bulg’anib qolganda ham g’usl qilish vojib amal hisoblanadi. Mo’ylovlarni qisqartirish, tirnoq olish,qo’ltiq va kindik osti mo’ylarini tozalash, xatna qildirish, misvok tutish kabi ishlar musulmonlarga shart qilib qo’yilgan. Og’iz-tishlarni toza tutishga alohida eʻtibor berilgan. Arok daraxtining shoxchalaridan tayerlangan maxsus tish tozalash vositasi-misvokdan foydalanish sunnatdir. Payg’ambar alayhissalom: «Tishlaringizni misvok bilan tozalab yuringlar va tozalikni odat qilinglar», «Agar ummatimga mashaqqat bo’lmaganida edi har namozdan oldin misvok qilishga (yaʻni tish tozalashga) buyurar edim» , deb taʻlim berganlar. Janobi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu ko’rsatmalari bejizga bo’lmagan. Misvok tekshirib ko’rilganda, unda ko’plab foydali va xushbo’y moddalar borligi aniqlangan. Musulmonlar kuniga bir necha marta yuvinib tozalanadilar. haftasiga albatta hammomda yoki uylarida g’usl qiladilar. Kiyimlarini, hovli-joylarini, ibodat o’rinlarini toza tutadilar. Chunki bu — islomning talabi. Islom esa-tozalik dini, nazofat dini, pokizalik esa dinning yarmidir. Manbaalar asosida tayyorlandi 4-bosqich 77 — guruh talabasi Sobirov Asrordin