MAQOLALAR Duo najotimizdur! 12 мая, 2023 0 128 Alloh taolo “G‘ofir” surasida marhamat qilib, “Menga duo qilinglar. Duolaringizni ijobat qilaman”, dedi. Baqara surasida: “Agar bandam Men haqimda Sizdan so‘rasa, ey Muhammad alayhissalom, men unga yaqindirman. Duo qilguvchining duosini qabul qilaman”, dedi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam o‘z hadislarida duo haqida gapirib, “Duo ibodatlarning mag‘zidir”, dedilar. Demak, ikki dunyo saodatidan umidvor har bir inson duoning kuchini bilgani holda Allohga duoni kanda qilmay, O‘zidan so‘rashi lozim. Shu o‘rinda yana bir jihatni aytish joiz, duo ijobat bo‘lishi uchun uning odoblari va qoidalarini bilish talab etiladi. Bular quyidagilar: Yeyish-ichishda haromdan uzoq bo‘lish va halol luqmaga odatlanish. Allohga ixlos bilan duo qilish. Tahoratli bo‘lish. Duo qilgan insonning pokiza holatda bo‘lishi so‘ralgan istaklar ijobatida katta ahamiyatga ega. Qiblaga yuzlanib duo qilish Bilish lozimki, duolarning ijobat bo‘ladigan vaqtlari va holatlar mavjud. Aynan shunday vaqtlarda qilingan duolarning ijobat bo‘lishi aytiladi. Bu qaysi vaqtlar hamda holatlar? -Qadr kechasida qilingan duo -Arafa kunida qilingan duo -Ramazon oylarida qilingan duo -Juma kuni kechasi qilingan duo -Juma kuni qilingan duo -Kechaning o‘rtasida qilingan duo Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda aytiladi, “Ey, Rasululloh! Duolarning qaysi biri qabul bo‘luvchirog‘idir?”, deb so‘raldi. U Zot “Kechasi turib, duo qilishlik va farz namozlari ketidan qilingan duolardir”, deb javob berdilar. «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus ta’lim muassasasi 4-bosqich talabasi Abdurahimov Muhammadsiddiq manbalar asosida tayyorladi