MAQOLALAR 16 мая, 2023 0 138 Rosulullohning hajlari hajjatul balag‘, hajjatul islom, hajjatul vado deb nomlangan. Hajjatul vado deb nomlanishini sababi bu hajda Rosululloh sollalohu alayhi vasallam insonlar bilan vidolashgan va bundan keyin haj qilmaganlar. Hajjatul islom deb ham nomlanadi chunki Rosulluloh sollalohu alayhi vasallam bu hajidan boshqalarida Madinadan chiqib haj qilmaganlar. Lekin hijratdan oldin (nubuvvatdan oldin va keyinni ham o‘z ichiga oladi) bir necha marotaba haj qilganlar. Bir rivoyatda 9-yil yana birida 6-yilda haj qilganlar deyiladi. Yana bir boshqa rivoyatda hijratdan oldin haj qilganlar deyiladi. Lekin bu rivoyat juda g‘arib hisoblanadi. Hajjatul balag‘ deyilishini sababi bu hajlarida Rosululloh sollalohu alayhi vasallam o‘z so‘zlari va fellari bilan insonlarga Alloh taoloning shariatini yetkazganlar. Hofiz ibn Kasir rohimahullohning «Hajjatul vado» kitobidan tarjima. Bilim yurti 4-kurs 78-guruh talabasi Sobirov Tohirjon.