MAQOLALAR Voqea surasining fazilati 16 мая, 2023 0 595 Voqea surasi Makkai Mukarramada nozil bulgan bulib, 96 oyatdan iborat. «Voqea» qiyomat kunining nomlaridan biridir¹. Voqea surasining fazli haqida ko‘p hadislar kelgan. Bu surai karima Rizq surasi deb ham nomlangan. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda Nabiy alayhissalom: «Kim Voqea surasini har kecha o‘qisa, kambag‘allik va hojatmandlik ko‘rmaydi», – deganlar. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu o‘lim to‘shagida yotganlarida, xalifa Usmon ibn Affon roziyallohu anhu ko‘rgani kelibdilar va u kishiga: – Nimadan shikoyating bor? – debdilar. Shunda Abdulloh ibn Mas’ud: – Gunohlarimdan, – deb javob beribdilar. – Nimani xohlaysan? – deb so‘rabdilar hazrati Usmon. – Robbimning rahmatini, – debdilar Abdulloh ibn Mas’ud. – Senga tabib yuboraymi? – debdilar hazrati Usmon. – Tabib (ya’ni Alloh) O‘zi kasal qildi, – deb javob qilibdilar Abdulloh ibn Mas’ud. – Bo‘lmasa, moddiy yordam berishni buyurayin? – Mening unga hojatim yo‘q! – Senga bo‘lmasa, ortingdan qolgan qizlaringga kerak bo‘lar? – Mening qizlarimning kambag‘al bo‘lishlaridan qo‘rqyapsanmi?! Mening beshta qizim bor. Barchalariga har kecha Voqea surasini o‘qishni buyurganman. Chunki Nabiy alayhissalomning «Kim Voqea surasini har kecha o‘qisa, kambag‘allik va hojatmandlik ko‘rmaydi», deganlarini eshitgan edim», – degan ekanlar Abdulloh ibn Mas’ud². Demak, har kechada Voqea surasini boshidan oxirigacha ixlos va tadabbur bilan o‘qish kishini turli xil mashaqqat, xususan qashshoqlikdan saqlanishi, rizqi kengayishiga sabab bo‘lar ekan. Manbalar 1. Tafsiri hilol 2.sammuslim.uz internet sayti 4-bosqich 78-guruh talabasi O‘rinboyev Hasanboy