MAQOLALAR Makonlarning eng yaxshisi… 16 мая, 2023 0 234 Masjidlar namozlarni jamoat bilan ado etish joylaridir. Masjidlar Allohning toati va zikri bilan mashg‘ul bo‘linadigan makonlar bo‘lgani uchun ular «Allohning uylari» deya vasf qilinadi. Qur’oni Karimda masjidlarning fazli va ahamiyati haqida ko‘plab oyati karimalar kelgan. Alloh taolo marhamat etadi: «1 (Tavba surasi, 18-oyat); «Albatta (barcha) masjidlar Allohnikidir. Bas, (masjidlarda) Alloh bilan birga yana biron kimsaga duo-iltijo qilmanglar!» (Jin surasi, 18-oyat); «(U chiroq) bir uylarda (ya’ni, masjidlarda yoqilurki), Alloh ularni baland ko‘tarib (bino) qilinishiga va ularda O‘zining nomi zikr qilinishiga izn bergan (ya’ni, amr qilgan) edi. U (masjidlarda) erta-yu kech U Zotni poklaydigan kishilar borki, ularni na tijorat va na oldi-sotdi Allohni zikr qilishdan, namozni to‘kis ado etishdan va zakotni (haqdorlarga) ato etishdan mashg‘ul qila olmas» (Nur surasi, 36–37-oyatlar). Abu Said Xudriydan rivoyat qilingan qudsiy hadisda Alloh taolo aytadi: «Yerimdagi uylarim masjidlardir. Undagi Mening ziyoratchilarim masjidlarni obod qiluvchilardir» (Abu Nuaym rivoyat qilgan). Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning masjidlar fazilati haqidagi bir necha hadisi shariflari bor. Rasululloh solallohu alayhi vasallam shunday marhamat etadilar: «Masjidga (ko‘ngli) bog‘langan kishini ko‘rsangiz, uning iymoniga guvohlik bering», deganlar («Halabi Kabir»). Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam «Alloh taologa makonlarning yaxshisi masjidlar, yomonrog‘i bozorlardir», dedilar (Imom Muslim rivoyat qilgan). Rasuli akram sollallohu alayhi vasallam: «Masjidlar muttaqiy zotlarning joylaridir», deganlar (Imom Muslim rivoyat qilgan). Usmon ibn Affon roziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim Alloh rizosini istab bir masjid qursa, Alloh jannatda unga bir uy qurib beradi», deganlarini eshitganman» (Imom Buxoriy, Muslim, Termiziy va Nasoiylar rivoyat qilgan). Abu Zarr roziyallohu anhu rivoyat qilishlaricha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Alloh uchun kaklik uyidek bo‘lsa-da, masjid qursa, Alloh uning uchun jannatda bir ko‘shk barpo qiladi», dedilar (Ahmad ibn Hanbal, Bazzorlar rivoyat qilgan). Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: «Kim uyida tahorat qilib, Allohning uylari (masjidlar)dan biriga Allohning farzlaridan birini ado etish uchun yurib borsa, uning ikki qadamidan biri ila xatosi o‘chadi, boshqasi bilan darajasi ko‘tariladi» (Imom Muslim, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilishgan). Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Masjiddan qancha uzoq bo‘lganning ajri shuncha ulug‘ bo‘lur», dedilar (Imom Muslim va Abu Dovud rivoyat qilgan). Shuning uchun musulmonlar masjidlarni ikrom-ehtirom qilishlari, ularda makruh sanalgan amallarni qilmasliklari, uning tozaligi va obodligi borasida qayg‘urishlari lozim. Masjid odoblarining asosiylari quyidagilardir: Masjidga otlanayotgan namozxon sunnatga muvofiq kiyinib, o‘zini har tomonlama poklab – tozalanib borishi kerak. Samura roziyallohu anhudan rivoyat etilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Libosning oqini kiyinglar, chunki oqlari pokizaroq va yaxshiroq bo‘lur», deganlar (Imom Termiziy rivoyat qilgan). Internet manbalari orqali tayyorlandi. Sayyid Muhyiddin maxdum o’rta maxsus bilim yurti 4-bosqich 79-guruh talabasi To’lqinov Rustambek