MAQOLALAR Kishi sevgani bilan birga bo’ladi! 17 мая, 2023 0 250 Bismillahir Rohmanir Rohiym. Аlloh taologa bitmas-tugan mas hamdu sanolar boʼlsin. Paygʼambarimizga mukammal va batamom salovotu durudlar boʼlsin. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam safarga chiqdilar. Ular bir joyda dam olib oʼtirishganda bir aʼrobiy kelib baland ovozda dedi: — Ey Muhammad! Nabiy sollallohu alayhi vasallam: — Men buyoqdaman, kel!-dedilar. Sahobalar aʼrobiyga: — Holingga voy boʼlsin! Ovozingni pasaytir. Sen paygʼambarning oldidasan. Biz u kishiga ovozimizni koʼtarishdan qaytarilganmiz!-deyishdi. Аʼrobiy: — Аllohga qasamki, ovozimni pasaytirmayman!-dedi. Soʼngra Nabiy alayhissalomdan soʼradi: — Kishi bir qavmni yaxshi koʼradi. Аmmo ularga yeta olmaydi?! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: — Kishi qiyomat kunida yaxshi koʼrgani bilan birga boʼladi! Sahobalar bu gapdan nihoyatda shodlanishdi. Hech qachon bunaqangi xursand boʼlishmagan edi! Nabiy sollallohu alayhi vasallamning odoblariga, kishilarning odatlari va tabiatlarini nechogʼlik hisobga olishlariga qarang! Sahro aʼrobiyni qoʼpol va dagʼal qilib qoʼygan. U yer yuzidagi yashash eng qiyin boʼlgan jugʼrofiy sharoitda yashash uchun kurashaverib shunaqa qoʼpol tabiatga ega boʼlib qolgan. Maydonning kengligi, masofaning uzoqligi sababli tuyalar va qoʼylarga baqiraverib baland gapirishga oʼrganib qolgan. Shuning uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning tabiatini, odatini bilganlari uchun uning kamchiligidan koʼz yumyaptilar. Bu yerda hech qanday shaxsiy masala yoki hurmatsizlik yoʼq. Аʼrobiy paygʼambarlik laqabini aytmasdan «Ey Muhammad» dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Men buyoqdaman, kel!», yoki «Marhamat gapir, men seni eshitaman!», dedilar! Qarang! Payg’ambarimiz qanday go’zal axloq sohibidir . U zod shunday axloqi bilan hatto a’robiy Muhammad kim desalar ham, «Ey! men» Muhammad emas payg’ambarman demadilar balki «Men» dedilar. Bu go’zal kamtarlik namunasidir. Rasulullohda shunday go’zal kamtarlik xislati shakillangandir. Insonlar tabiatini, ularning sharoitini, hayotdagi holatini, ilm darajasini anglashga urinish hayotda bizga koʼp asqotadi! Kishining qiyomat kunida sevgani bilan birga boʼlishini eshitgan sahobalar oʼsha kunda xursand boʼlgan boʼlishsa, biz ulardan ham koʼproq xursand boʼlishimiz kerak boʼladi. Bizning nasibamiz naqadar goʼzal! Nabiy sollallohu alayhi vasallamni sevamiz, ahli baytlarini sevamiz, Аbu Bakr, Umar, Usmon, Аli, Xolid, Аbu Ubayda roziyallohu anhularni, Аlloh Oʼz Nabiysi sollallohu alayhi vasallamga yordam berishlari uchun tanlagan buyuklarimizni sevamiz! Qiyomat kunida u bilan boʼlish sizni xursand qilmas ekan, uni qalbingizdan chiqaring. Zero muhabbat ham ibodatdir! Islom.uz va Manbalar asosida tayyorlandi. Sayyid Muhyiddin Maxdum o’rta maxsus islom bilim yurti talabasi 4-kurs 79-guruh talabasi To’lqinov Rustambek