Qo’shnichilik haqqi.

0
508

Payg’ambarimiz sollollohu alayhi va sallam bizlarga dinimizni har bir ishini ta’limini berganlar, xususan, qo’shnichilik haqida ham. Inson jamiyatda yashar ekan, albatta, uning qo’shnisi bo’ladi. Qo’shni kim va qanday ekanligiga qarab, uning bizning oldimizdagi haqlari ham o’zgaradi. Bu borada Rosululloh sollollohu alayhi va sallam «Qo’shnining bitta haqqi bor, bu qo’shnichilik haqqi, agarda u musulmon bo’lsa, ikkita haqqi bor, bular qo’shnichilik haqqi va musulmonlik haqqi. Agarda qo’shnisi ham musulmon, ham qarindoshi bo’lsa, unda uchta haqqi bor, qo’shnichilik, musulmonlik va qarindoshlik haqlaridir» — , deb marhamat qilganlar. Qaranglar azizlar! Bizlar qo’shnimizga qanchalik yaxshilik qilishimiz kerak? Afsuski, ba’zi hollarda ikki qo’shni bir-birlarini xuddi dushmanlardek yomon ko’rishlari va oralarida doimiy kelishmovchiliklar bo’layotganini eshitib qolamiz. Bu dono xalqimiz «Uy olma, qo’shni ol», «Qo’shning tinch, sen tinch» — , deb bejizga aytmagan. Hurmatli yurtboshimiz Shavkat Mirziyoyev Miromonovich ham yurtimizga rahbar bo’lib kelgan dastlabki yillaridanoq, qo’shni mamlakatlarimiz bilan aloqalarimizni yuksak cho’qqilarga olib chiqqanligi, bizning xalqimiz qon-qoniga qo’shnichilik haqlari va odoblari singib ketganining yorqin dalilidir.

«Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom bilim yurti 4-kurs 77-guruh talabasi Jaloldinov Mahmudjon.

Load More In MAQOLALAR