MAQOLALAR Ro‘zani ochib yuboruvchi zamonaviy omillar 29 марта, 2024 0 230 Sakkizinchi omil: quloqni yuvish: To‘qqizinchi omil: ko‘zga dori quyish: Buning hukmi ham quloqqa dori tomizish bilan bir xildir. Ammo olimlar quloq pardasida teshik bo‘lsa va uni yuvilsa quloq ichiga kirajak suv miqdori ko‘p bo‘lgani uchun ro‘zani ochib yuboradi deganlar. Demak, quloqni yuvish ikki qismga bo‘linadi: 1. parda mavjud bo‘lsa ro‘za ochilmaydi. 2. quloq pardasida teshiklar bo‘lsa ichkariga kirgan suv miqdori ko‘p bo‘lgani uchun ro‘za ochiladi. To‘qqizinchi omil: ko‘zga dori quyish: Bu borada ham keyingi davr olimlari turlicha fikr bildiradilar va bu yuqoridagi ixtilof sabablidir. Ya’ni ko‘zga surma qo‘yish masalasida u ro‘zani ochadimi yo‘qmi? Birinchi fikrga ko‘ra: ro‘za ochilmaydi va bu hanafiy va shofeiy mazhabining so‘zidir. Bunga dalil: ko‘z bilan qorin bo‘shlig‘i orasida yo‘l bo‘lmaydi va shunga asosan ro‘zador ko‘ziga surma qo‘ysa uning ro‘zasi ochilmaydi. Ikkinchi fikr egalari: ya’ni molikiy va hanbaliy mazhabidagilar esa: surma qo‘yish ro‘zani ochadi deydilr. Chunki ularga ko‘ra: ko‘z bilan qorin bo‘shlig‘i orasida yo‘l mavjuddir. Shunga ko‘ra, keyingi davr olimlari ham ko‘zga dori tomizish masalasida ikkiga bo‘linadilar. Birinchi fikr: ko‘zga dori quyish ro‘zani ochmaydi va bunga sabab: bir tomchi dori 1 sm.kubdan =0.06ga teng bo‘lib, bu miqdor hech qachon oshqozonga yetib bormaydi. Chunki, bu dori tomchisi ko‘z yosh yo‘lidan o‘tish paytida butunlay so‘rilib ketadi va tomoqqa yetib bormaydi. Agar bordiyu uni oshqozonga yetib boradi deb tasavvur qilsakda, mazkur yetib borgan miqdor juda ozni tashkil qiladi va ushbu miqdorni afv etiladi va bu huddi og‘iz chayqashdan so‘ng qolgan suv miqdoriga qiyoslanadi. Shuningdek, ko‘zga dori tomizishdan qaytarilgan hech qanday shar’iy hujjat mavjud emas. Ikkinchi fikrga ko‘ra: u surma kabi ro‘zani ochib yuboradi. To‘g‘ri fikr esa: mazkur dori tomizish ro‘zani ochmaydi. Garchi tibbiyot ko‘z bilan qorin bo‘shlig‘i orasida burun orqali yo‘l mavjudligini isbot qilgan bo‘lsada, mazkur tomchi ko‘z yosh yo‘llaridan o‘tayotgan vaqtida so‘rilib ketadi va natijada u tomoqqa ham yetib bormaydi. Demak, oshqozonga aslo yetib bormaydi garchi yetib borganda ham juda oz miqdordagisi boradi va ushbu miqdorni og‘iz chayqashdan so‘ng og‘iz ichida qolib ketgan suv miqdoriga qiyosan afv etiladi. Ammo ushbu tomchini surmaga qiyoslash noto‘g‘ridir. 1. chunki, surma qo‘yish ro‘zani ochishi haqida shar’iy dalil mavjud emas. Yuqorida bu borada keltirilgan hadis esa, zaif hadisdir. 2. ko‘zga dori tomizishni surma qo‘yishga qiyoslash hali hukmi sobit bo‘lmagan balki ixtilofli bo‘lgan narsaga qiyoslashdir va bu durust emas. 3. yuqorida bayon etilgan birinchi fikr egalarining dalillari surma ro‘zani ochmasligi uchun yetarlidir. Manbalar asosida Bilim yurti mudarrisi Oybek domla Sottorov tayyorladi.