MAQOLALAR Ro‘zaga oid zamonaviy masalalar 1 апреля, 2024 0 164 Ro‘zaga oid zamonaviy masalalar O‘n birinchi omil: teri ustiga surtiluvchi moy, krem va malham dorilar: O‘n ikkinchi omil: arteriya-qon tomirga kateter qo‘yish: Teri ostida qon tomirlari mavjud bo‘lib, ular teri ustiga surtilgan narsani tuk yo‘llari orqali so‘ra boshlaydi va bu jarayon juda sekin amalga oshadi. Shunga ko‘ra, teri ustiga surtilgan narsa ro‘zani ochadimi? Qadimdagi aksariyat faqihlar bu narsa ro‘zani ochmaydi deganlar. Islom Fiqhi Akademiyasining qarori ham shunday. Ba’zilar bugungi kundagi barcha yangi asr olimlari mazkur hukmga ya’ni teri ustiga surtilgan narsalar ro‘zani ochmasligiga ijmo’ qilganlar deb aytadilar. O‘n ikkinchi omil: arteriya-qon tomirga kateter qo‘yish: U qon tomirga kirgaziluvchi ingichka shlanka bo‘lib, uni dori quyish yoki ichkarini ko‘rish maqsadida kirg‘aziladi. Islom Fiqhi Akademiyasi mazkur kateter ro‘zani ochmasligiga hukm qilgan. Chunki, u insonga hech qanday ozuqa bermaydi va ikkinchidan oshqozonga yetib bormaydi. O‘n uchinchi omil: buyrakni yuvish: U ikki xil yo‘l bilan amalga oshiriladi: 1. «Sun’iy buyrak» deb nomlanuvchi asbob yordamida yuvish. Bu inson tanasidagi barcha qonni mazkur asbobga tortib olib, so‘ng ushbu qonni zararli moddalardan tozalanadi so‘ng qonni qaytadan inson jismiga vena qon tomirlari orqali qaytariladi. Gohida mazkur jarayon davomida qon tomirlardan insonga ozuqa beruvchi dorilarni yuborib turishga majbur bo‘linadi. Ikkinchi uslub: qorin po‘sti orqali amalga oshiriladi: Ya’ni: kindik ustidan qorin po‘stiga kichik kateter kirgaziladi so‘ng qorin ichiga odatda 2 litr miqdoridagi suyuqlik quyiladi. Mazkur suyuqlik tarkibi ko‘p miqdordagi qandli glyukozadan iboratdir. Yuborilgan suyuqlik ma’lum muddat o‘tgach, so‘rib olinadi va bu amal bir kunda bir necha bor takrorlanadi. Yangi davr olimlari bu borada ixtilofga borganlar. Ya’ni ushbu holat ro‘zani ochadimi yo‘qmi? Birinchi fikr: bu holat ro‘zani ochadi. Bu doimiy fatvo qo‘mitasining fatvosidir. Ularning dalillari: buyrakni yuvish inson qonini qo‘shimcha toza qon bilan ko‘paytiradi va gohida unga boshqa ozuqaviy moddalar ham yuboriladi. Demak, bu yerda ro‘zani ochishga bois bo‘lgan ikki omil birlashmoqda. Ikkinchi fikr: bu holat ro‘zani ochmaydi. Dalil shuki: bu borada shar’iy hujjat sobit emasdir. Ammo, haqiqatga yaqin fikr shuki ushbu holat ro‘zani ochadi. Masala: qonni o‘zini tozalash ro‘zani ochmaydi lekin buyrakni yuvishda qonni filtrlash bilan birga unga qo‘shimcha tarzda tuzlar hamda ba’zi ozuqa bo‘luvchi moddalar ham yuboriladi. Shuning uchun bu holat ro‘zani ochib yuboradi. Manbalar asosida Bilim yurti mudarrisi Muhammadali domla Xayitboyev tayyorladi.