Bilim yurti mudiriga o’rinbosar ta’yinlandi

0
838

Bugun 2025-yi 10-fevral «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasida ta’lim muassasa mudarrislari, ishchi-xodimlari va talabalari ishtirokida davra suxbati bo’lib o’tdi.

Suxbat davomida «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasida mudarrislik qilib kelayotgan Nodirbek domla Jamolov Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha mudir o’rinbosari lavozimiga tayinlangani ta’lim muassasa mudiri Rustamjon domla Mahmudov tomonidan e’lon qilindi.

 
Tadbir davomida Ta’lim muassasa mudiri Rustamjon domla Mahmudov mudarrislar, ishchi xodimlar va talabalar uchun bilim yurtidagi qulayliklardan oqilona foydalanish, tartib intizomga rioya qilish, qonunbuzarlik holatlariga yo’l qo’ymaslik borasida zaruriy ko’rsatmalar berdilar.

 

 

Nodirbek domla Jamolovga Alloh taolodan ushbu yangi ishlarda o’zi madadkor bo’lishini, bilim yurti ravnaqi uchun ulkan xizmatlar qilishini tilab qolamiz!

Load More In MАЪНАВИЯТ РУКНИ