Buyuk oʻzbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy hamda oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, davlat arbobi sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi.

0
327

Andijon» Sayyid Muhyiddin maxdum» oʻrta maxsus islom bilim yurtining 2022-2023-oʻquv yili uchun ishlab chiqilgan ma’naviyat-marifat tadbirlar rejasi 22- bandi ijrosini taʼminlash maqsadida 2023- yil 8-fevral kuni «Buyuk oʻzbek shoiri, mutafakkir, davlat arbobi Alisher Navoiy hamda oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, davlat arbobi sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi» mavzusida tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirni murabbiy F.Nizomov olib bordi.Davra suhbatida bilim yurti oʻquv ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari Q.Isroilov, Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti ona tili va adabiyot kafedrasi mudiri, Filalogiya fanlari doktori Mamajonov Zokirjon ishtirok etdilar.

Suhbat davomida M.Zokirjon oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.Oʻzbek tili va adabiyoti rivojiga qoʻshgan beqiyos hissasi, yoshlarni yuksak maʼnaviyatli, teran tafakkurli insonlar etib tarbiyalashda mutafakkir ijodining ahamiyati xususida soʻz yuritdi.

Tadbir davomida talabalar ham faol ishtirok etib oʻzlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Bilim yurti matbuot xizmati.

Load More In ЯНГИЛИКЛАР