ФИҚҲ Salam savdosi va uning shartlari 25 сентября, 2025 0 185 Salam savdosi nasiya molni naqd bahoga sotishlik yoki zimmasiga vojib bo‘lgan narsani naqd bahoga sotishlik. Ya’ni molning narxi avvaldan berilib evaziga beriladigan molni keyinchalik ma’lum bir muddatda olishga kelishishdir. Go‘yoki bir shaxs boshqasiga «Mana yuz ming so‘m. Evaziga falon shaharni masalan Surxondaryoni falon navli bug‘doyidan falon muddatda masalan iyul oyida menga yetkazib berasiz» deyishligiga o‘xshash. Bu savdo umumiy savdolardan farq qiladi. Aslida qoida shuki hali mavjud bo‘lmagan yoki mulkiga kirmagan narsani sotish joiz emas. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarni bay’ salamga bo‘lgan ehtiyojlarini ko‘rib bunga ruxsat berganlar. Bu savdo ham boshqa savdolar kabi ijobi-qabul ya’ni «Menga shuncha narsa yetkazib bering!» va «Shuncha so‘m evaziga shu narsani yetkazib beraman» deyishligi bilan tamom bo‘ladi. Ijobi-qabul hanafiylar nazdlarida bitmning rukni hisoblanadi. Qolgan uch imomlar nazdida iyjob – qabuldan tashqari salam savdosi bitmini tuzuvchi muslim va muslamun ilayh, ro’su molissalam(sarmoya), muslamun fiyhi(etkazib berilishi va’da qilingan mol)ni ham shart qilingan. Xaridorni salam egasi yoki «muslim», sotuvchi esa «muslamun ilayh», sotiladigan mol esa «muslamun fiyhi», qiymat esa «ro’su molissalam» deyiladi. Jumhur ulamolar nazdida salam qildim, salaf qildim va sotdim, lafzlarini ishlatish joiz. Imom Zufar va Shofe’iylar nazdida yo‘q narsani sotishga to‘g‘ri kelganligi uchun savdoni salaf yoki salam lafzlari bilan amalga oshirish kerak. Chunki shari’at shu ikki lafz bilan bu savdoni joizligiga ruxsat bergan. Shari’atda joizligiga dalil. يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا تَدَايَنْتُمْ بِدَيْنٍ إِلَى أَجَلٍ مُسَمًّى فَاكْتُبُوهُ «Ey iymon keltirganlar! Ma’lum muddatga qarz oldi-berdi qilgan vaqtingizda uni yozib qo‘ying…» (Baqara surasi, 282-oyat) Abdulloh ibn Shaddot ibn Ilhod va Abu Muso Ash’ariyning o‘g‘li Abu Burda bilan salam savdosi borasida ixtilof paydo bo‘ldi. Ibn Shaddot salam savdosi joiz bo‘lmasa kerak, chunki unda sotiladigan narsa yo‘qku – degan hayolga bordi. Abdulloh ibn Abu Mujolid aytadi: «U ikkovlari meni Ibn Abu Avfoning xuzuriga jo‘natishdi. Men bu borada undan so‘radim. Ibn Abu Avfo: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Abu Bakr va Umar zamonalarida bug‘doy, arpa, mayiz va xurmoda salam savdosini qilar edik», dedi. Ibn Abzodan ham so‘ragan edim, u ham shunday dedi». Ibn Abbos roziyallohu anhumo «Mu’ayyan muddatda yetkazib berishlikni zimmaga olish savdosini Alloh O‘zining kitobida halol qilgandir va men bunga izn berganligiga guvohlik beraman» deb yuqoridagi oyatni o‘qidi. Sunnatdan dalil esa Ibn Abbos roziyallohu anhumo keltirgan quyidagi hadisidir. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinai munavvaraga kelganlarida Madina ahli bir, ikki, uch yilga salam savdosini qilishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror narsada salam savdosini qilsa, ma’lum bir o‘lchov, ma’lum kilo va mu’ayyan muddatga qilsin!» dedilar». Imom Buxoriy rohimahulloh salam savdosiga tegishli hadislarni juda ko‘p sanadlari bilan rivoyat qilgan bo‘lib, xulosasini aytganda, salam savdosi kayliy yoki vazniy narsalarda bo‘lsin va beriladigan muddati tayin bo‘lsin! Salam savdosida bir necha narsalar shart qilinadi. Sarmoya(pul)ning shartlari. Ular oltitadir. 1-sarmoya har xil narsalardan: pul yoki don-dun va boshqa narsalar bo‘lishi mumkin. Sarmoya pul o‘rnida ishlatilayotgan narsa bug‘doy, paxta, moy, sement kabi narsalardan bo‘lsa uning jinsi ma’lum bo‘lsin. 2-Sarmoya o‘laroq ishlatilyotgan sement, bug‘doy va paxtaning qaysi joy va qaysi zavodniki ekanligi ma’lum bo‘lsin. 3-sifati tayin bo‘lsin. Ya’ni oliy, o‘rta yoki past. 4-sarmoya ya’ni beriladigan qiymat tayin bo‘lsin. Masalan, agar pul bo‘lsa so‘mligi yoki mu’ayyan valyutaligi va miqdori aniq bo‘lishi. 5-Abu Hanifa rohimahullohning fikrlariga binoan tillo yoki kumushga savdo qilinsa, tillo kumushni probasi(sifati) tayin qilinsin. Lekin bugungi kunimizda savdo qog‘oz pullarga bo‘layotganligi uchun so‘m yoki valyuta ekanligi tayin qilinsin. 6-«ro’sul mol» molning qiymati naqd qilib berilib, bitm tuzuvchilar majlisdan tarqalishidan avval, mol yetkazib beruvchi taraf molning qiymatini to‘laligicha qo‘lga olishi shart. Qiymatning hammasini to‘laligicha qo‘lga olmasdan majlisdan turib ketishsa, dayn(zimmadagi narsa)ni dayn(zimmadagi narsa) evaziga sotgan bo‘ladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nasiyani nasiyaga sotishdan qaytarganlar. Imom Molik rohimahulloh bitm vaqtida molning qiymatini kechiktirishni shart qilmay, berishni ikki yoki uch kunga kechiktirsa joiz, lekin uch kun undan ortiq kun ichida beraman, degan shart bilan bitm tuzilsa, salam fosid bo‘ladi, degan. Salam savdosi nasiya molni naqd bahoga sotishlik yoki zimmasiga vojib bo‘lgan narsani naqd bahoga sotishlik. Ya’ni molning narxi avvaldan berilib evaziga beriladigan molni keyinchalik ma’lum bir muddatda olishga kelishishdir. Go‘yoki bir shaxs boshqasiga «Mana yuz ming so‘m. Evaziga falon shaharni masalan Surxondaryoni falon navli bug‘doyidan falon muddatda masalan iyul oyida menga yetkazib berasiz» deyishligiga o‘xshash. Bu savdo umumiy savdolardan farq qiladi. Aslida qoida shuki hali mavjud bo‘lmagan yoki mulkiga kirmagan narsani sotish joiz emas. Lekin Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarni bay’ salamga bo‘lgan ehtiyojlarini ko‘rib bunga ruxsat berganlar. Bu savdo ham boshqa savdolar kabi ijobi-qabul ya’ni «Menga shuncha narsa yetkazib bering!» va «Shuncha so‘m evaziga shu narsani yetkazib beraman» deyishligi bilan tamom bo‘ladi. Ijobi-qabul hanafiylar nazdlarida bitmning rukni hisoblanadi. Qolgan uch imomlar nazdida iyjob – qabuldan tashqari salam savdosi bitmini tuzuvchi muslim va muslamun ilayh, ro’su molissalam(sarmoya), muslamun fiyhi(etkazib berilishi va’da qilingan mol)ni ham shart qilingan. Xaridorni salam egasi yoki «muslim», sotuvchi esa «muslamun ilayh», sotiladigan mol esa «muslamun fiyhi», qiymat esa «ro’su molissalam» deyiladi. Jumhur ulamolar nazdida salam qildim, salaf qildim va sotdim, lafzlarini ishlatish joiz. Imom Zufar va Shofe’iylar nazdida yo‘q narsani sotishga to‘g‘ri kelganligi uchun savdoni salaf yoki salam lafzlari bilan amalga oshirish kerak. Chunki shari’at shu ikki lafz bilan bu savdoni joizligiga ruxsat bergan. Shari’atda joizligiga dalil. يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا تَدَايَنْتُمْ بِدَيْنٍ إِلَى أَجَلٍ مُسَمًّى فَاكْتُبُوهُ «Ey iymon keltirganlar! Ma’lum muddatga qarz oldi-berdi qilgan vaqtingizda uni yozib qo‘ying…» (Baqara surasi, 282-oyat) Abdulloh ibn Shaddot ibn Ilhod va Abu Muso Ash’ariyning o‘g‘li Abu Burda bilan salam savdosi borasida ixtilof paydo bo‘ldi. Ibn Shaddot salam savdosi joiz bo‘lmasa kerak, chunki unda sotiladigan narsa yo‘qku – degan hayolga bordi. Abdulloh ibn Abu Mujolid aytadi: «U ikkovlari meni Ibn Abu Avfoning xuzuriga jo‘natishdi. Men bu borada undan so‘radim. Ibn Abu Avfo: «Biz Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Abu Bakr va Umar zamonalarida bug‘doy, arpa, mayiz va xurmoda salam savdosini qilar edik», dedi. Ibn Abzodan ham so‘ragan edim, u ham shunday dedi». Ibn Abbos roziyallohu anhumo «Mu’ayyan muddatda yetkazib berishlikni zimmaga olish savdosini Alloh O‘zining kitobida halol qilgandir va men bunga izn berganligiga guvohlik beraman» deb yuqoridagi oyatni o‘qidi. Sunnatdan dalil esa Ibn Abbos roziyallohu anhumo keltirgan quyidagi hadisidir. «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinai munavvaraga kelganlarida Madina ahli bir, ikki, uch yilga salam savdosini qilishar edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror narsada salam savdosini qilsa, ma’lum bir o‘lchov, ma’lum kilo va mu’ayyan muddatga qilsin!» dedilar». Imom Buxoriy rohimahulloh salam savdosiga tegishli hadislarni juda ko‘p sanadlari bilan rivoyat qilgan bo‘lib, xulosasini aytganda, salam savdosi kayliy yoki vazniy narsalarda bo‘lsin va beriladigan muddati tayin bo‘lsin! Salam savdosida bir necha narsalar shart qilinadi. Sarmoya(pul)ning shartlari. Ular oltitadir. 1-sarmoya har xil narsalardan: pul yoki don-dun va boshqa narsalar bo‘lishi mumkin. Sarmoya pul o‘rnida ishlatilayotgan narsa bug‘doy, paxta, moy, sement kabi narsalardan bo‘lsa uning jinsi ma’lum bo‘lsin. 2-Sarmoya o‘laroq ishlatilyotgan sement, bug‘doy va paxtaning qaysi joy va qaysi zavodniki ekanligi ma’lum bo‘lsin. 3-sifati tayin bo‘lsin. Ya’ni oliy, o‘rta yoki past. 4-sarmoya ya’ni beriladigan qiymat tayin bo‘lsin. Masalan, agar pul bo‘lsa so‘mligi yoki mu’ayyan valyutaligi va miqdori aniq bo‘lishi. 5-Abu Hanifa rohimahullohning fikrlariga binoan tillo yoki kumushga savdo qilinsa, tillo kumushni probasi(sifati) tayin qilinsin. Lekin bugungi kunimizda savdo qog‘oz pullarga bo‘layotganligi uchun so‘m yoki valyuta ekanligi tayin qilinsin. 6-«ro’sul mol» molning qiymati naqd qilib berilib, bitm tuzuvchilar majlisdan tarqalishidan avval, mol yetkazib beruvchi taraf molning qiymatini to‘laligicha qo‘lga olishi shart. Qiymatning hammasini to‘laligicha qo‘lga olmasdan majlisdan turib ketishsa, dayn(zimmadagi narsa)ni dayn(zimmadagi narsa) evaziga sotgan bo‘ladilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam nasiyani nasiyaga sotishdan qaytarganlar. Imom Molik rohimahulloh bitm vaqtida molning qiymatini kechiktirishni shart qilmay, berishni ikki yoki uch kunga kechiktirsa joiz, lekin uch kun undan ortiq kun ichida beraman, degan shart bilan bitm tuzilsa, salam fosid bo‘ladi, degan. Ta’lim muassasasi mudarrisi Oybek domla Sottorov