Xizmatlar muzorabasi

0
166
Butler serving tray. Service waiter hand hold dish for food or tray for catering services in sketching style, restaurant butler serve platter isolated vector

 

Muzorabaning barcha imomlar tomonidan ittifoq qilingan tijoriy turi barchaga ma’lum va mashhurdur. Ya’ni mablag‘ egasi sarmoya kiritadi, muzorib esa unga narsa sotib olib bozor yoki do‘konlarda sotish bilan shug‘ullanadi va tushgan foyda ikkovi o‘rtasida kelishuvga binoan foizlarda taqsim qilinadi.

Hozirgi kunimizga kelib muzorabaning yana bir turi keng tarqaldi. Uni xalq tilida xizmatlar muzorabasi deyiladi. Uning surati shuki, sarmoya egasi naqd pul tikish o‘rniga muzorabachiga tikuv mashinalari, mehmonxona, oshxona, ijaraga beriladigan avtomobillar kabi sotilmaydigan narsalarni beradi. Shularni ishga solib, ish yuritilib, foyda ko‘rib, topilgan mablag‘ taqsimlab olishga bitim tuziladi. Muzorabaning bu turi avvalgidan ko‘ra keng tarqalgan. Ulamolarimiz o‘rtasida bu turli muzoraba borasida ixtilof mavjud. Chunki, yuqoridagi kabi narsalardan tushgan haq sarmoya egasi bilan muzorabachining o‘rtasida fuqaholar tili bilan aytganda “ʿala sabīlish shuyūʿ” (sheriklik tarzida topilgan haq) ekanligida ixtilof bor.

Bu borada uch imomning tutgan yo‘llari:

Abu Hanifa, Imom Molik, Imom Shofe’iy rohimahumalloh “Muzorabaning bu turini joiz emas” deyishgan. Bu muzorabaga eng sodda misol shuki, avtomobil sohibi bir kishiga “bu ulovni olib kira qiling. Bir oyda tushgan foydaning yarmi sizniki, yarmi meniki” deb kelishish. Uchchala imom “Bunday kelishuv joiz emas. Chunki, bunday kelishuv muzoraba ostiga kirmaydi. Mabodo shunday bitim tuzilgan bo‘lib, foyda topilgan bo‘lsa ham foydaning barchasi avtomobil egasiniki bo‘ladi. Haydovchiga esa, ajri misl (odatda shunday ishni qiluvchiga beriladigan haq) beriladi. Shuning uchun bitimdagi ‘yarmi senga, yarmi menga’ degan kelishuv to‘g‘ri bo‘lmaydi” deyishgan.

Imom Ahmad rohimahullohning bu borada tutgan yo‘llari:

Ahmad ibn Hanbal rohimahulloh muzorabaning bu turini joiz deydi. Imom Buxoriy rohimahulloh mujtahidlardan Ma’mar ibn Roshidning mazhabi ham shu ekanligini naql qilganlar. Hozirgi kunimizda yirik biznes loyihalari muzorabaning shu shaklida faoliyat yuritadi. Muzorabaning bu turida biror narsa sotilmaydi, balki xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar bir tomondan, muzorabachi tomonidan esa ularning faoliyatini yuritib foyda topish bo‘ladi. Muzorabada biror narsa sotilmaydigan bo‘lsa, uch imomlar nazarida bunday bitimni muzoraba deb aytib bo‘lmaydi. Ular nazarida muzorabaga tikilayotgan narsa naqd pul bo‘lishi shart. Sarmoya egasi biror narsani muzorabaga tiksa, u sotilib naqd pul bo‘lmaguncha muzoraba bitimi durust bo‘lmaydi. Ahmad ibn Hanbalning nazarlarida esa bunday muzoraba joiz. Bugungi kunda kimdir mehmonxona sotib olib yoki o‘n-o‘n beshta ulov sotib olib biror kishiga topshirib, “mehmonxonani yoki shu ulovlarni yuritasiz va tushgan foydani ikkimiz bo‘lishamiz” deydi. Bu tarzdagi ish yuritish keng tarqalgan bo‘lib, uni nojoizga chiqarish bir qancha qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi va odamlar qiynalib qoladilar. Shu bilan birga bunday muzorabaning nojoizligiga biror nass (oyat yoki hadis) ham yo‘q. Muzorabaning bu shaklini shirkatus sanoi’ (ikki kishi ish olib, foydani bo‘lib olish) turiga ham qo‘shish mumkin. Agarchi bir qancha masalalarda unga tushirish qiyinchiligi bo‘lsa-da. Odamlar zaruratini e’tiborga olib, Ahmad ibn Hanbal qavliga amal qilishning imkoni bor.

Manbalar asosida ta’lim muassasasi

Matbuot kotibi Zuhrobiddin domla Olimov

Load More In FIQH