XOTIRA KUNI

0
148

Bu kun bir ajib kun «Xotira» kuni,

Yurtim g’alabasin bir eslab qo’ying.

Ko’zlarda porlasin mehr uchquni,

Yaqinlar qadrlab, bir yo’qlab qo’ying.

 

Eslangiz o’tgan ko’p qahramonlarni,

Yurti deb jon fido Alp o’g’lonlarni,

Eslang Qodiri-yu ham Cho’lponlarni,

O’zbeklik nomini siz oqlab qo’ying,

Qardosh qadrdonni bir yo’qlab qo’ying.

 

E’zozlab ulug’ yosh nuroniylarni,

Qadrlab yurt uchun fidoiylarni,

Nabirasi bo’lib Navoiylarni,

Mehr rishtalarin xo’p bog’lab qo’ying,

Do’st-u yoringizni bir yo’qlab qo’ying.

 

Bu kun har go’shada bayram shukuhi,

Yashnasin o’tgan ko’p ajdodlar ruhi,

Ketdi el boshidan g’ami, anduhi,

Yoshi ulug’larni ardoqlab qo’ying,

Aziz yurtdoshlarni bir yo’qlab qo’ying.

 

Qadr-qimmat kuni, mehr kuni bu,

O’tganlarni yodlash, “Qadr” kuni bu,

Ulashib yaqinlar yuziga kulgu,

Yaqinlar ko’ngliga bir qadam qo’ying,

Dindosh yaqinlarni bir yo’qlab qo’ying.

 

Do’stim, bu sizga bir xayr fursati,

Ko’ngilni yashnatgan qadr fursati,

Ko’rsatib qalbingiz oliy himmati,

Butun o’zbek xalqin tabriklab qo’ying,

Ko’ngil yaqinlarni bir yo’qlab qo’ying.

 

 Muhammadali Latibjonov,

Sayyid Muhyiddin maxdum

O`rta maxsus islom bilim yurti

2-bosqich, 74-guruh talabasi

  • MADRASAM

    О’tmoqdadir haftalar, kunlar, O’z holimga o’zim achindim. G’aflat uzra o’tmoqd…
  • Уяли телефон тажовузи

    Баъзи ота-оналарга мурожаат қилсак, фарзандининг ёш бўлишига қарамай, уяли телефондан бема…
  • ҲАЗИЛ-МУТОЙИБА ОДОБИ

    Инсонлар ҳаётлари давомида руҳиятларини ҳазил-мутойиба ва ширин сўзлар, қизиқарли ҳикматла…
Load More In АДАБИЁТ