OLIY MUKOFOT

0
186

Alloh taolo bandalarini turli sinovlar bilan imtihon qilib, ularni bu yo’lda sabrli bo’lishga chaqiradi. Jumladan, Qur’oni karimning bir necha oyatlarida  sinovlarga bardoshli bo’lgan bandalari uchun ko’plab mukofotlarni va’da qilgan. Ana shunday oyatlardan birida, Haq taolo shunday marhamat qiladi:

“Albatta, sabr qiluvchilarga(oxiratda) mukofotlari behisob berilur” (Zumar surasi, 10-oyat)

Sabr va rozilik oliy fazilat bo’lganidek, unga beriladigan mukofot ham yuksak darajada bo’ladi. Aniqroq qilib aytganda, bandaning solih amallarni qilishdan maqsadi Robbisini rozi qilishdir. Allohning ana shu roziligi sinovlarga sabr qilish ortida ekanligi ulug’larning so’zlarida o’z aksini topgan.

Shu ma’noda Muhammad Rotib Nobulsiy quyidagi hikoyani keltiradi:

Bir kishi Ka’bani tavof qilish asnosida, Allohga munojat qilib shunday der edi:

– Ey Robbim! Sen mendan rozimisan?

Uning so’zlarini imom Shofe’ eshitib, so’radi:

– Ey falonchi, sen o’zing Allohdan rozimisanki, Alloh sendan rozi bo’lsin?

U kishi:

– Subhanalloh! Men Allohdan rozi bo’lamanmi, axir umidim Robbim mendan rozi bo’lishi-ku.

Imom Shofe’:

– Musibat-sinov kelgandagi roziliging, ne’mat kelgandagi xursandchiliging kabi bo’lsa, demak, sen Allohdan rozisan, Robbing ham sendan rozi bo’ladi, – dedi.

Allohning roziligini qozonish,uning suyukli bandasiga aylanish inson uchun eng ulkan baxt emasmi? Demak, Alloh taoloning muhabbati va rizosiga sinovlarga sabr qilish orqali erishiladi.

 

Bilim yurtu mudarrisi

Nodirbek JAMOLOV

Load More In МАҚОЛАЛАР