МАҚОЛАЛАР Islomda vaqf va unga tegishli hukmlar: Vaqfning ta’rifi. (1-qism). 8 августа, 2022 0 219 «Vaqf» so’zi lug‘atda «to‘xtatish», «tutib qolish» ma’nosini anglatadi. Odatda vaqf qilingan narsa odatiy ashyolar kabi oldi-sotdi va aylanib yurishidan to‘sib, to‘xtatib qo‘yiladi. Alloh uchun vaqf qilingan narsalarga berilgan umumiy nom ushbu ma’nodan kelib chiqqan. Vaqf so‘zining istilohiy ma’nosi: «vaqf bu — biror ob’ektni Allohning mulki bo‘lishi uzra (oldi-berdi muomalasidan) to‘sib qo‘yish va undan hosil bo‘ladigan manfaatni esa muayyan qatlamga yoki barcha ehtiyojmandlarga yoxud omma musulmonlar uchun sadaqai joriya qilib qo‘yishdir». Misol uchun, bir insonning bog‘i bor. U inson o‘sha bog‘ni «Alloh uchun vaqf qildim» desa yoki shu ishni rasmiylashtirib qo‘ysa, uning bog‘idan hosil bo‘lgan mevalar doim xalq uchun xayr-ehson qilinadi. Andijon “Sayyid Muhyiddin maxdum” o`rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi Oybek SOTTOROV