МАҚОЛАЛАР Dunyo va Oxirat ne’mati 20 сентября, 2022 0 260 Dunyoda shunday bir amal borki, butun inson shu amalni oldida tis cho‘kadi. Butun Payg‘ambarlar ham u amal bilan ziynatlangan. Bu amalni qaysi bir banda o‘zida mujassam qilsa, butun Payg‘ambarlar xulqlangan xulqni o‘zida mujassam qilibdi. Bu amal muloyimlikdir. Muloyimlik, halimlik insonga Alloh ta’olo tarafidan berilgan eng katta dunyo va oxirat boyligidir. Kimga Alloh ta’olo shu boylikni ato etgan bo‘lsa, buni mahkam tutsin va qadirlasin. Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam ham ummatlarini doim muloyim bo‘lishga targ‘ib etadi. Oysha onamiz roziyallohu anhoga Payg‘ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam aytdilar: “Ey Oysha, kimga xalimlikdan nasiba berilsa, albatta, unga dunyo va oxirat yaxshiligi berilibdi. Kim halimlik nasibasidan maxrum etilsa, dunyo va oxirat yaxshiligidagi nasibasidan maxrum bo‘libdi” dedilar. Muloyimlikni butun olamlar Robbisi yaxshi ko‘rgan. Abu Hurayra r.a. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam “Alloh ta’olo rafiqdir ya’ni muloyimdir va muloyimlikni yaxshi ko‘radi. G‘azab bilan olinmagan narsa muloyimlik bilan olinadi” dedilar. Alloh ta’olo barchamizni dunyo va oxirat kaliti bo‘lgan muloyimlikni o‘zi nasib etsinyu. Andijon «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi: Hoshimov Muhammadyusuf