МАҚОЛАЛАР Imon Dorimiyning hayoti va ijodi (4-qism) 8 октября, 2022 0 129 Imom Dorimiyning “As-Sulosiyyot”i bu turdagi asarlarning eng dastlabkisidir. Abdulhamid Shanuhaning 1985 yil Bayrutda nashr etilgan «Taxrij sulosiyyot al-Buxoriy, at-Termiziy, Ibn Moja, Lorimiy” nomli kitobida Imom Dorimiyning uch roviyli hadislari sonini o‘n yettita qilib belgilagan. Lekin A.Aydinli ushbu xadislarni Sulaymoniya kutubxonasida saqlanayotgan “as-Sulosiyyot Lorimiy» asarining nusxasi bilan solishtirganida, ularning hammasi ham uch roviyli emasligini aniqlagan. Abu Sa’d asSam’oniy ushbu asarni hirotlik muhaddis Abu al-Vaqt Abdulavval ibn Iso as-Sijziy (XII asr) rivoyat qilganligi haqida ma’lumot beradi. Ayrim hollarda tadqiqotchilar tomonidan isnodi uch roviyli deb topilgan hadislar o‘z tasdig‘ini topmagan. Ahmad Abdulqodir ar-Rifo’iyning tadqiqotida keltirilgan 6 ta uch roviyli hadislarning 3 tasi to‘rt roviydan iborat bo‘lgan isnodni tashkil qiladi. Chunki ar-Rifo’iy ko‘rsatgan bu isnodlarda ayrim roviylar tushib qolgan. Jumladan, Asvad ibn Omir -Qatoda-Anas ibn Molik isnodida Asvad (vaf. 823 y.)dan so‘ng Shu’ba (vaf. 777 y.), so‘ngra Qatoda (vaf. 735 y.) kelishi kerak. Agar Asvad ibn Omir Qatodadan bevosita hadis rivoyat qilsa, unda oradagi yillar farqi katta bo‘lib, 91 yilni tashkil etadi. Bu esa isnodning uzluksizligiga shubha tug‘diradi. Ar-Rifo’iy o‘z tadqiqotida foydalangan manbada Shu’ba tushib qolgan. Shuningdek, Ubaydulloh ibn Muso -Hanzala-Solim ibn Umayr isnodini berishda ham xatolik mavjud. Bunda “Solim ibn Umayr” — سالم بن عمير emas, balki “Solim Ibn Umardan” سالم عن ابن عمر — deb berilishi kerak. Bu ham Ar-Rifo’iy foydalangan manbadagi xatoliklardan bo‘lishi mumkin. Har ikki holatda ham hadislarning isnodi to‘rt roviydan tashkil topgan. Imom Dorimiyning “Sunan” asarini ilmiy-tadqiq etish davomida “As-Sulosiyyot”dagi 15 ta uch roviyli hadislar aniqlandi. Bulardan 7 tasi Dorimiyning ustozi Yazid ibn Horundan rivoyat qilingan bo‘lib, ular Yazid ibn Horun -Humayd –Anas ibn Molik isnodi orqali keltirilgan. Yana 4 ta hadis Abu Osim adDahhok ibn Muxallad orqali rivoyat qilingan bo‘lib: ad-Dahhok — Ubaydulloh Anas ibn Molik, ad-Dahhok-Usmon ibn Sa’d –Anas ibn Molik, ad-Dahhok-Ayman ibn Nobil -Qudoma, ad-Dahhok –Yazid ibn Ubayd -Salama ibn al-Akva’ isnodlari bilan berilgan. Asardagi yana 3 ta hadis Ja’far ibn Avn tomonidan rivoyat qilingan. Ular quyidagi isnodlar orqali keltirilgan: Ja’far — Muhammad ibn Amr “Abu Salama, Ja’far – Yahyo ibn Sa’id -Anas ibn Molik, Ja’far-Ismoil ibn Abu Xolid -Abdulloh ibn Abu Avf. Yana bir hadis al-Fazl ibn Dakin –Mus’ab ibn Salim –Anas ibn Molik isnodi orqali rivoyat qilingan. Imom Dorimiyning “As-Sulosiyyot fi-l-hadis” asaridagi barcha isnodlarni olimlar – “oliy isnod” deb ta’kidlaganlar. AlKattoniy esa asardagi hadislarni hatto Imom al-Buxoriyning “AsSulosiyyot’idan ham ustun qo‘ygan. Ushbu barcha ma’lumotlar Imom Dorimiyni hadis ilmining turli sohalaridagi buyuk xizmatlarini yana bir bor tasdiqlaydi. Imom Dorimiy “at-Tafsir” nomli asar ham ta’lif etgan. Unda Qur’on to‘liq tafsir qilinganmi yoki ayrim juzlarimi, bu haqda aniq ma’lumot yo‘q Biroq ushbu asarning tarixiy ahamiyati katta. Chunki u bizgacha yetib kelgan eng birinchi tafsirlardan taxminan yarim asr ilgari yozilgan. Olimning “Tafsiri hamda “Kitob as-sunna fi-l-xadie” nomli asarlari kator manbalarda qayd etilgan bo‘lsada, hozirga qadar yetib kelmagan. Muxaddisning “Kitob saum al-mustahozot va-l-mutahayyirot nomli asari haqida turli fikrlar mavjud. Arab tadqiqotchisi ashShayx Muhammad Abdulaziz al-Xolidiy ushbu asarni “Hadiyyat alorifiyn»da keltirilgan ma’lumotga asoslanib, Imom Dorimiy asarlari qatoriga kiritgan. Lekin boshqa manbalarda Imom Dorimiyning bu nomdagi asari mavjudligi haqida ma’lumot berilmagan. Hoji Xalifa esa bu asarni mashhur faqih Abu al-Faraj Muhammad Dorimiy al-Bag‘dodiy (969-1057)ga mansub ekanligini qayd etgan. Imom Dorimiyning bizgacha yetib kelmagan ushbu asari aslida mavjud bo‘lganligi e’timoli yuqori. Chunki uning shoh asari bo‘lgan “Sunan’’ning Namoz kitobidagi 40 ta bob va ulardagi 413 ta hadis aynan shu mavzuga oiddir. Muhaddis ayollar bilan bog‘liq masalalarning dolzarbligini e’tiborga olgan holda alohida asar yozgan bo‘lishi mumkin. Barcha manbalarda Imom Dorimiy haqida zamondosh ulamolar va ularning izdoshlari tomonidan bildirilgan samimiy fikrlar keltirilgan. Ushbu fikrlarning tahlili Imom Dorimiy uz tengqurlariga nisbatan g‘ayri tabiiy iqtidori va ulkan salohiyati oilan ajralib turishi xususida xalq orasida ko‘plab rivoyatlar tarqalganini ko‘rsatadi. U o‘z davrida Samarqand muhaddislarining peshvosi sifatida e’tirof etilib, zamondosh muhaddislar orasidagi mavqei yuqori darajada bo‘lgan. Davomi bor Manbalar asosida: Andijon «Sayyid Muhyiddin maxdum»o’rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi Yo’lchiboyev Muslimbek