МАҚОЛАЛАР VASIYLANING LUG’AVIY VA ISTLOHIY MA’NOLARI (1-qism) 19 октября, 2022 0 352 Avvalo vasiyla va unga doir masalalar bayoniga kirishishdan oldin, uning lug’aviy va istilohiy ta’riyfi haqida so’z yuritish lozim. [1]“Vasiyla ” so’zi arab tili lug’atida “daraja”, “manzilat”, “qurbat” va Almalik sifati ila sifatlangan zotning huzuridagi “manzilat” ma’nolarini bildiradi. Masalan: Agar biror kishi bir amali ila Allohga yaqin bo’ladigan amalni bajarsa وَسَّلَ فلان إلى الله وسيلةً “Falonchi Allohga vasiyla qildi” deyiladi. واسل esa Alloh taologa rag’bat qiluvchiga nisbatan ishlatiladi. Vasiylani ya’na “birikish, yaqinlik” ma’nolarida ham ishlatiladi, uning ko’plik shakli وسائل dir. Alloh taolo marhamat qilib aytadi: أُوْلَئِكَ الَّذِينَ يَدْعُونَ يَبْتَغُونَ إِلَى رَبِّهِمْ الْوَسِيلَةَ أَيُّهُمْ أَقْرَبُ وَيَرْجُونَ رَحْمَتَهُ وَيَخَافُونَ عَذَابَهُ إِنَّ عَذَابَ رَبِّكَ كَانَ مَحْذُورًا (الإسراء 57) [2]“Ana o’sha duo qilayotganlar Robbilariga vasiyla izlarlar, qaysilari yaqinroq ekanini {bilmoqchi bo’lurlar}. Uning rahmatini orzu qilurlar va azobidan qo’rqurlar. Albatta, Robbingning azobi hazir bo’lishga loyiqdir.” ( “Isro” surasi 57-oyat) الْوَسِيلَة “Vasiyla” u bilan boshqaga yaqinlik hosil qilinadigan narsadir. Uning ko’pligi: الوُسُلُ va الوسائل dir. التوسيل va التوسل ham bir ma’nodadir. Azon haqidagi hadisi sharifda: اللهم آت محمداً الْوَسِيلَة degan jumladagi vasiyladan iroda qilingan ma’no alloh taologa bo’lgan yaqinlikdir. Bir qovlda u qiyomat kunidagi “shafoat”, boshqa bir qovlda esa u jannat manzillaridan bo’lgan bir “manzildir” deyilgan. “Vasiyla”- Alloh Azza va Jallaning huzuridagi manzilat va qurbatdir. Va u Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam u bilan xoslangan “shafoatdir” va u Zot sollallohu alayhi vasallamga va’da qilingan “maqomi mahmuddir” deyilgan. “Vasiyla”- Aloqa va yaqinlikdir uning ko’pligi الوسائل dir. توسَّل فلان إلى فلان بوسيلة deb aytiladi ya’ni: تقرَّب إليه بحُرمة آصرةٍ تسبَّب إليه بسببٍ و “Bir sabab bilan sabab bo’ldi va unga aloqaning hurmati sababli yaqin bo’ldi ”. Alloh taoloning kitobi Qur’oni karimda الْوَسِيلَة “Vasiyla” so’zi ikki marta vorid bo’lgan. Birinchisi Moida surasining 35-oyatida: يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَابْتَغُوا إِلَيْهِ الْوَسِيلَةَ وَجَاهِدُوا فِي سَبِيلِهِ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ(35) Ya’ni: “Sizlarni Alloh taologa yaqinlashtiradigan U zot yaxshi ko’radigan va rozi bo’ladigan narsani qidiringlar, U zotga bo’lgan yaqinlikni saqlash uchun va U zotning huzuridagi manzilat va makonatga erishish uchun” degan ma’nodadir. Ikkinchisi “Isro” surasi 57-oyatda: أوْلَئِكَ الَّذِينَ يَدْعُونَ يَبْتَغُونَ إِلَى رَبِّهِمْ الْوَسِيلَةَ أَيُّهُمْ أَقْرَبُ وَيَرْجُونَ رَحْمَتَهُ وَيَخَافُونَ عَذَابَهُ إِنَّ عَذَابَ رَبِّكَ كَانَ مَحْذُورًا “Ana o’sha duo qilayotganlar Robbilariga vasiyla izlarlar, qaysilari yaqinroq ekanini {bilmoqchi bo’lurlar}. Uning rahmatini orzu qilurlar va azobidan qo’rqurlar. Albatta, Robbingning azobi hazir bo’lishga loyiqdir.” Ushbu oyat Yahudiylar Uzayr alayhissalomni, Nasorolar esa Iyso alayhissalomni ilohiylashtirishi borasida raddiya berish o’rnida kelgan, yoki farishtalarga ibodat qiluvchilarga raddiya berish o’rnida kelgan. Vaholanki ularning hammalari o’zlariga ham o’zlaridan boshqa birorta narsaga ham molik bo’la olmaslar va ular Alloh taologa vasiyla izlaydigan, Alloh taoloning rahmatidan umid qiladigan, azobidan qo’rqadigan zotlardir. Bu oyatdagi “الْوَسِيلَةَ” ning ma’nosi yuqoridagi o’tgan oyatdagi “الْوَسِيلَةَ”ning ma’nosidan farq qilmaydi. Bas u-maqsadning hosil bo’lishiga u ila yetishiladigan yo’ldir. “Vasiyla”- Payg’ambar alayhimussalomlar va Solih bandalardan iborat fazilat egalari bo’lgan zotlar bilan hoh tiriklik chog’larida bo’lsin hoh vafot etganlaridan keyin vasiyla qilmoqlikni o’z ichiga oluvchi umumiy lafzdir. Amali solih bilan vasiyla qilish ham huddi shu kabidir. Oyati kariyma mo’minlarni Alloh taologa yaqinlik hosil qilish navlarining qay biri bilan bo’lsa ham qurbat hosil qilishga, vasiyla navlarining qaysi biri bilan bo’lsa ham vasiyla qiluvchilardan bo’lishga da’vat qilmoqda. Shu bilan birga Nabiyyimiz sollallohu alayhi vasallam bilan va U zotdan boshqa Anbiyo alayhimussalomlar va solihlar bilan vasiyla qilish vasiylaning tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. يَاأَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا اتَّقُوا اللَّهَ وَابْتَغُوا إِلَيْهِ الْوَسِيلَةَ وَجَاهِدُوا فِي سَبِيلِهِ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ(35) Ya’ni: “sizlarni Alloh taologa yaqinlashtiradigan U zot yaxshi ko’radigan va rozi bo’ladigan narsani qidiringlar, U zotga bo’lgan yaqinlikni saqlash uchun va U zotning huzuridagi manzilat va makonatga erishish uchun” Moida surasi 35-oyatining tafsirida Imom Muhammad ibn Jarir ibn Yaziyd ibn Kasiyr ibn G’olib al-Omiliy, Abu Ja’far at-Tobariy rohmatullohi alayhi aytadilar: الوسيلة هي الفعلية من قول القائل : توسَّلتُ إلى فلان بكذا، بمعنى: تقرَّبت إليه. “Vasiyla u- “falonchiga falon narsa bilan vasiyla qildim” deb aytuvshi kishining gapidan iborat ishdir, unga yaqin bo’ldim ma’nosida”. Imom Abu Bakr Abdulqohir ibn Abdurrohman ibn Muhammad alforisiy aljurjoniy(hijriy 471) rohmatullohi alayhi aytadilar: الوسيلة: الخصلة التى يتقرب بها العبد إلى سيده تقرُّب موالاة ومحبَّة ومودَّة، لاتقرُّب محاذاة أو أخوَّة “Vasiyla— qul u ila sayyidiga do’stona, sevgi va muhabbat yaqinlashishi yo’liga ko’ra yaqinlashadigan xislatdir, qarama-qarshilik va birodarlik yaqinligiga ko’ra emas. Imom Abu Muzaffar, Mansur ibn Muhammad ibn Abduljabbor ibn Ahmad al-Marvaziy as-Sama’niy at-Tamiymiy al-Hanafiy so’ngra Shofe’(hijriy 489-yil) aytadilar: الوسيلة كل ما يتوسَّل به إلى الله تعالى أي: يتقرب “Vasiyla- Alloh taologa u bilan vasiyla qilinadigan har bir narsadir. Ya’ni yaqin qiladigan”. Davomi bor… Andijon «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi G’aniyev Mirodil [1] “Ittihaaful a’lamiyna bimashruv’iyyati tavassuli bil-Anbiyai vassolihiyn” 1-fasl 8-bet. [2] “Isro” surasi 57-oyat