VASIYLANING LUG’AVIY VA ISTLOHIY MA’NOLARI (2-qism)

0
330

Yuqorida o’tgan ta’riflarning xulosasidan bilamizki albatta tavassul qilish degani u-Banda, Payg’ambar alayhimussalomlarning haqqi bilan, yoki valiylarning haqqi bilan (hoh u zotlar tirik bo’lsin yolki vafot etgan bo’lsin farqi yo’q) Alloh taolodan so’rashidir.

Yoki solih amalni vosita qilib Robbisidan so’rashlik , yoki Nabiyning yoki valiyning duo qilishidir, yoki duo ijobat bo’lishi uchun Alloh taoloning nazdida rozi bo’lingan  yoki Alloh taologa mahbub bo’lgan vasiylaning qay biri bilan bo’lsa ham banda Robbisidan so’rashidir va u Alloh taologa muqarrab bo’lish eshiklaridan bir eshikdir, ba’zi “Salafiylar” o’ylaganidek banda bilan Robbisi orasida vositalar qilish bobidan emas.

Vasiyla qiluvchi kishi o’zining vasiylasi bilan yakkayu-yolg’iz bo’lgan zot Alloh taologagina duo qiladi, chunki U zotgina -المعطي Ato qiluvchi, -المانع Man qiluvchi, النافع-Foyda beruvchi,  الضار-Zarar beruvchidir.

Yana vasiyla qiluvchi o’zining tavassuli bilan maqsadga yetishish uchun Alloh taoloning huzuridagi rozi bo’lingan, yaxshi ko’rilgan, munosib vasiylani qilyapti va u Alloh taoloning huzuridagi baxt va qurbatdir.

Bas vasiyla – Alloh taolo yaxshi ko’radigan va u zot rozi  bo’ladigan narsa bilangina matlubga erishish va duoning ijobat bo’lishini tala qilgan holatda bo’ladi. Qur’oni karimdagi “Niso” surasining  64-oyati ham yuqoridagilar jumlasidandir:

وَمَا أَرْسَلْنَا مِنْ رَسُولٍ إِلَّا لِيُطَاعَ بِإِذْنِ اللَّهِ وَلَوْ أَنَّهُمْ إِذْ ظَلَمُوا أَنفُسَهُمْ جَاءُوكَ فَاسْتَغْفَرُوا اللَّهَ وَاسْتَغْفَرَ لَهُمْ الرَّسُولُ لَوَجَدُوا اللَّهَ تَوَّابًا رَحِيمًا(64)

[1]“Qaysi bir payg’ambarni yuborgan bo’lsak, Allohning izni ila faqat itoat qilinishi uchun yuborganmiz. Agar ular o’zlariga o’zlari zulm qilgan chog’larida huzuringa kelib, Allohga istig’for aytganlarida va Payg’ambar ham ular uchun istig’for aytganida edi, albatta, Alloh tavbalarni qabul etuvchi va rahmli Zot ekanini topgan bo’lur edilar”.

Bas mo’minlar o’zlari istig’for aytganlaridan keyin Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni o’zlari ham istig’for aytishini  so’rashlari, Alloh taolo ularni tavbalarini qabul qilishiga va u Zotning rahmatiga noil bo’lishi uchun vasiyladir.

Va bu Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning duolari bilan bo’lgan vasiyladir.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning osiy va gunohkorlarga istig’for aytishlari u Zot sollallohu alayhi vasallamning faqat hayotlik chog’lariga chegaralanib qolmaydi, balki u ish u Zot sollallohu alayhi vasallamning tiriklik va Rofiyqul a’loga intiqol qilgandan keyingi holatni ham o’z ichiga oluvchi umumiylikdir.

Chunki Payg’ambar alayhimussalomlar qabrlarida tirikdirlar, namoz o’qiydilar.

Ikkinchisi “Tabarruk”ning lug’aviy va istilohiy ma’nosi:

[2]“Tabarruk” so’zi arab tilidagi تبرّكَ يتبرّكُ  fe’lining masdaridir va u barokat talab qilmoqlikdir.

“Tabarruk ” barakadan olingan bo’lib, uning mohiyati ziyodalik va o’sishlikdir.

Ibn Foris aytadi, Xoliyl aytadi:

“البركة”-  so’zi “o’sish ” va “ziyodalik”dan iboratdir, «التبريك» esa barokat so’rab duo qilmoqdir.

“Tabarruk” degani- “Mutabarrokun bihi” sababidan o’sish va ziyodalikni talab qilmoqdir. Masalan: تبرّكت به  deb aytasiz  ya’ni تَيَمَّنْتُ به  deganidir.

Bas “tabarruk” qilish hukmi ahlisunna e’tiqodi bo’yicha “Mutabarrokun bihi” tirik bo’ladimi, yoki o’lik bo’ladimi joizdir. Gohida “Mutabarrokun bihi” Payg’ambar yoki valiyga o’xshagan bashar bo’lishi yoki makon yoki undan boshqa narsalar ham bo’lishi mumkin.

Batahqiq Sahoba roziyallohu anhumlar Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak jasadlari bilan tabarruklanganlar va huddi shuningdek u Zot  sollallohu alayhi vasallamning muborak qo’llari, oyoqlari, barmoqlari va og’izlari tekkan narsalar bilan ham tabarruklanganlar.

Rosululloh sollallohu alayhi vasallam ar-Rofiyqul a’loga intiqol qilganlaridan keyin ham Sahoba roziyallohu anhumlar u Zot sollallohu alayhi vasallamdan qolgan osorlar bilan, u Zot sollallohu alayhi vasallam u joyda hozir bo’lgan fazilatli makonlar  bilan hech qanday inkorsiz tabarruklandilar.

U Zot sollallohu alayhi vasallamning muborak og’izlari tekkan joy bilan tabarruklangani  va u Zot sollallohu alayhi vasallamning jasadlaridan ajragan sochga o’xshash a’zolari bilan tabarruklangani kabi tabarruklandilar.

Huddi shuningdek yana u Zot sollallohu alayhi vasallamning kiygan liboslari, hayotlik chog’larida ishlatgan buyumlari va oyoq kiyimlari bilan, u Zot sollallohu alayhi vasallam uning ustida turib xutba qilgan minbarlari bilan va u Zot sollallohu alayhi vasallam dafn qilingan muborak qabrlari  bilan tabarruklandilar. Bas bu ishning joiz ekaniga ijmo qilingan.

Davomi bor…

 

Manbalar asosida «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi Mirodil G’aniyev tayyorladi

 

[1] “Niso” surasining  64-oyat

[2] “Ittihaaful a’lamiyna bimashruv’iyyati tavassuli bil-Anbiyai vassolihiyn” 1-fasl 12-bet.

Load More In МАҚОЛАЛАР