QABRLARNI ZIYORAT QILISH ODOBLARI. (1-qism)

0
871

Hayot ato etib va yana uni qabz qiluvchi va so’ngra yana hayotga qaytaruvchi Alloh taologa hamdu sanolar bo’lsin. O’zlarinu hayot tarzlari bilan biz ummatlarga ornak va namuna bo’lgan Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga salovodu salomlar bo’lsin.

Bugungu kunimizda yurtimiz bo’ylab ko’plab obodonlashtirish ishlari olib borilmoqada, shu qatori bandalarning bu dunyodagi so’ngi manzili bo’lgan qabrstonlarda tozalov ishlari qilinib, uning ziyoratlari uchun yanada yaxshi ko’rinishga olob kelinmoqada. Shu boisdan biz ham quyda uning ziyoratchilari uchun bir qarot qabriston odablarini keltirib o’tamiz.

  1. Avvalo, niyatni to‘g‘rilamoq: ziyoratni xolis Alloh uchun qilmoq; yordamni, najotni, yolg‘iz Allohdan tilamoq lozim. Anbiyoi izom (ulug‘ payg‘ambarlar) va avliyoi kiromning ziyoratlari, shubhasiz, foydadan xoli emas.
    Ba’zi adno (mushkul) darajada qolgan bandalar Alloh taolodan hojatlarini bevosita talab etmoqqa o‘zlarida layoqat va munosabat topmagani sababli, ba’zi dunyo va oxirat maqsadlari hosil bo‘lishi uchun ularni vosita va vasila aylasalar, ular hurmatidan ushbu talabni Alloh ijobat qilib, hojatlari ravo bo‘lishi umid qilinadi. Chunonchi: “Yo Rabbim! Shu zotning qurbu hurmatini dargohingga vosita va vasila ayladim, mening falon maqsudimni ravo qil!” deb duo qilishi mumkin. Chunonchi, bu “Ibodati islomiya”da aytilgan.

Hazrati payg‘ambar va aziz-avliyolar qabrini ziyorat qilganda asar va taassurot voqe’ bo‘lishi tajriba qilingandir, tajribiyot ham tariqi ilmdir. Bas, payg‘ambarlarni va avliyolarni vafotlaridan keyin ziyorat qilish befoyda emas. Lekin ziyorat qilingan zotga ham foyda yetishi ahli sunnat val-jamoat mazhabida, shubhasiz, bor masaladir. Faqat ziyoratchi niyati va ixlosini to‘g‘ri qilishi lozim.

 

  1. Ziyorat paytida tahoratli bo‘lmoq sunnnatdir.

    Ayniqsa, hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning muborak qabrlarini va aziz-avliyolar qabrini ziyorat etishdan oldin g‘usl qilmoq odobga muvofiqdir.

    3. Qisqa muddat bo‘lsa ham dunyo mashg‘ulotini tark etib, oxiratni o‘ylamoq.

    4. Ikki rak’at namoz o‘qimoq sunnatdir.

    Tahoratli holda (ziyoratgohga yaqin masjidda yoki namoz o‘qish joiz bo‘lgan joyda) ikki rak’at namoz o‘qib, har bir rak’atida “Fotiha” surasidan so‘ng bir marta “Oyatul-Kursiy”ni va uch martadan “Ixlos” surasini o‘qiydi. Salom bergach, bu namozning savobini marhumga hadya etadi.

    5. Ziyoratgohda viqor bilan, sokin yurmoq.

    Ziyoratgohda viqor bilan, ya’ni g‘oyat sokin, vazmin, ohista yuradi. Behuda va baland ovozda so‘zlamaydi. Ehtiyoj bo‘lsa, zaruriy so‘zlarni ohista va adab bilan gapiradi.

 

  1. Qabr ahliga salom bermoq.

    Qabristonga borganda avval qabriston ahliga salom beriladi. Masalan, bunday deyiladi: “Assalomu alaykum, ey bu diyorning mo‘minlari va musulmonlari! Inshoalloh, bizlar ham sizlarga kelib qo‘shilurmiz. Alloh taolodan bizlar uchun va sizlar uchun ofiyat — tinchlik-omonlik tilayman!”
    Biror qabriston yonidan o‘tganda ham salom berib o‘tish yaxshidir.
    Hadisi sharif: “Kimiki biror qabr yonidan o‘tayotib, qabr ahliga salom bersa, xuddi dunyoda bilganidek, mayyit uni biladi va unga alik oladi”. Bu javob qaytarish qol tili bilan emas, balki hol tili bilandir. Hazrati Ibn Umar (roziyallohu anhumo) biror qabr yonidan o‘tsalar, albatta, salom berib o‘tardilar (“Qabr ahliga salom berish tartibi” bobiga qarang).

    7. Oyoq tomonidan borib, mayyitga yaqin va yuzma-yuz o‘tirmoq.

    Ziyorat qilganda belgili qabr yoniga oyoq tomonidan borib, avval mayyitga salom beradi, hayotlik paytida unga qanday yaqin o‘tirsa, shu darajada yaqin o‘tiradi. Mayyitning yuzi va ko‘kragi to‘g‘risiga kelib o‘tiradi.

    Mayyit, albatta, yuzi qiblaga qaratib ko‘miladi. Shu bois ziyoratchi yuzini qiblaga emas, balki, aksincha, qabrga qaratib, marhumning bosh tarafida, unga yuzma-yuz va yaqin o‘tiradi.

Davomi bor…

 

Manbalar asosida Andijon «Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom bilim yurti mudarrisi Muzaffarxon Jalolxonov tayyorladi

 

Load More In МАҚОЛАЛАР