Buyuk Muhaddis Imom Molik rohimahulloh(2-qism)

0
186

Imom Molik rohmatullohi alayhdagi haybat va viqor ilmning haybati va

viqori edi. Imom Shofe’iy rohmatullohi alayh yoshliklarida Imom Molik

rohmatullohi alayhdan dars olmoqchi bo’lib, Makkai Mukarramaning voliyidan

bu ishda yordam so’rab, Madinai Munvvaraning voliyiga xat olib borganlarida

bo’lgan holni o’zlari hikoya qilib beradilar: “Makkai Mukarrama voliyi oldiga

kirib, u zotdan Madinai Munvvara voliyiga va Imom Molik rohmatullohi

alayhga maktub yozdirib oldim. Madinai Munvvaraga kelib maktubni voliyga

berdim. Voliy maktubni o’qib bo’lib: “Ey yigit, Madinai Munvvaradan Makkai

Mukarramagacha yalangayoq yurib borganim men uchun Imom Molik ibn Anas

rohmatullohi alayhni eshigiga borganimdan afzalroq”, dedilar.

Men: “Alloh taolo amirni isloh qilsin, agar odam yuborib chaqirtirsangiz,

qandoq bo’lar ekan?” dedim.

U: “Nima deyapsan, men odamlarim bilan Aqiq tuprog’ini kechib borib

biror hojatimizni ravo qilsak, xursand bo’lar edim”, dedilar.

Asrga borishga kelishdik va ulovlarimizni minib jo’nadik. Amir

aytganidek, tuproq kechdik. Bir odam oldinga chiqib eshikni qoqdi. Bir qora

joriya chiqdi.

Amir unga: “Xo’jangga mening eshik oldida turganimni ayt”, dedilar.

Qiz kirib, kechikib chiqdi va: “Xo’jam sizga salom aytdilar. Savolingiz

bo’lsa, qog’ozga yozib bersangiz, javobi chiqar ekan. Gaplashmoqchi

bo’lsangiz, majlis kunini o’zingiz bilasiz, o’sha kuni kelar ekansiz”, dedi.

Amir qizga: “Sen u kishiga menda Makkai Mukarrama voliyining muhim

maktubi borligini aytgin”, dedilar.

Qiz kirib, qo’lida kursi bilan qaytib chiqdi va uni yerga qo’ydi. So’ngra

Imom Molik rohmatullohi alayh viqor va haybat bilan chiqib keldilar. U kishi

uzun bo’yli, xushqomat ekanlar. Yaxshilab joylashib o’tirdilar. Voliy maktubni

uzatdilar.

Imom Molik rohmatullohi alayh uni o’qib, bu odam undoq kishi, unga u

qil, bu qil, degan joyiga kelganda maktubni irg’itib yubordilar va:

“Subhanalloh, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning ilmlari ham vosita

bilan olinadigan bo’ldimi?” dedilar.

Voliy tutilib gapira olmay qoldilar. Shunda men oldinga chiqib, o’z holim

va hojatim haqida gapira boshladim. U kishi menga biroz qarab turdilar-da:

“Isming nima?” dedilar. Men “Muhammad!” dedim.

U kishi, “Ey Muhammad! Allohga taqvo qil, gunohlardan chetda bo’l,

sening sha’ning ulug’ bo’ladi”, dedilar”.

Albatta, Imom Molik rohmatullohi alayhning bunday holati, u kishining

Islom olamidagi shon-shuhrati o’sha davr hukumdorlarining tinchini buzar,

hadiklarini oshirar edi. Buni yaxshi bilgan chaqimchi va ig’vogarlar turli

bo’xtonlar to’qishardi. Ular, Imom Molik rohmatullohi alayh sizlarnin

mulkingizga norozi, shuning uchun falon masalada undoq dedi, pistonida

bundoq dedi, deb u kishining diniy fatvolarini siyosatga yo’yishar edilar.

Shunday ig’volar oqibatida, o’sha paytdagi halifa Mansurning amakisi,

Ja’far ibn Sulaymon Imom Molik rohmatullohi alayhni jazolashga farmon berdi.

U kishining kiyimlarini yechib, keyin qamchilab urishdi. Qo’llaridan tortib,

kuraklarini chiqarishdi. Bu hodisa zudlik bilan Islom olamiga tarqaldi. Hamma

norozi bo’ldi.

Afrikadagi diyorlar halifalikka ochiq qarshi chiqdilar va Imom Molik

rohmatullohi alayh mazhablarini rasman qabul qilganliklarini e’lon qildilar.

Vaziyat shu darajada o’zgardiki, o’sha paytda Abbosiylar hukmiga qarshi

qurolli kurash olib borayotgan Muhammad Nafsuzakiya boshliq harakat

hukumdorlar uchun Imom Molik rohmatullohi alayh xatarlari oldida hech narsa

bo’lmay qoldi.

Buni yaxshi anglagan halifa Mansur voliy Ja’far ibn Sulaymonni ishdan

boshatdi va poytaxtga olib borib jazoladi.

Ulamolarga bexurmatlik qilganlar doimo tezda jazoga giriftor bo’ldilar.

 Ana shunday qahramonliklarga to’la ulug’ hayot nihoyasiga yetdi. Imom

Molik rohmatullohi alayh 89 yoshlarida hijriy 179-yilda o’tkinchi dunyodan

oxiratga rixlat qildilar. Imom Molik rohmatullohi alayning ham hadisda, ham

fiqhda peshqadamliklarini Islom ummati, xususan, ulug’ ulamolar tan olganlar.

O’rta asrlarda molikiy mazhabining faoliyat markazi shimoli-g’arbiy

Afrikaga ko’chishi bilan o’sha yerda rivojlandi.

 Doktor Muhammad Yusuf Muso “Islom fiqhi tarixi” da shunday

yozadilar: “Fransiya qonunchiligi o’zining birinchi bosqichlarida islom

fiqhidan, ayniqsa, Imom Molik ibn Anas rohmatullohi alayh mazhablaridan

ko’p narsalarni olgan edi.

Imom Molik ibn Anas rohmatullohi alayh o’z fiqhlarida boshqa imomlar

ishlatgan barcha uslub va manba’alardan foydalanganlar. Ba’zi o’zlariga

xosliklarni yuqorida zikr qildik.

Alloh taolo Imom Molik ibn Anas rohmatullohi alayhni rahmat aylasin,

Islom va musulmonlar uchun qilgan mehnatlarining savobini ko’paytirib bersin.

«Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom bilim yurti amaliyotchisi

Mir Arab oliy madrasasi

4-kurs talabasi

Abdurahmonov Abdulhodiy 

Bilim yurti matbuot xizmati.

Load More In МАҚОЛАЛАР