МАҚОЛАЛАР MAVLUDI SHARIFNING FAZILATI 12 апреля, 2023 0 260 Shayx Muhammad Said Ramazon Butiy rohimahulloh aytadilar: Tasodifki bu kecha ( Muhammad Said Ramazon Butiy uyiga mehmon chaqirib mavludi sharif tashkil qilgan edilar) unda otamni qaltiroq , poy tortishish tutib qolgan va unga kelgan bu kasallik uni ertalabgacha holdan toydirgan kecha edikan. Otamni bu holda ekanini bilganimda yolg’iz qolib Allohdan bu tadbirni (mavludi sharifni) agar fazil qilib mendan qabul qilgan bo’lsa otamni qiynagan bu kasallikdan shifo topishi uchun vasila qilishini soʻrab iltijo qildim. Keyinchalik bildimki oʻgʻlim Muhammad Tavfiq bobosini shifo topishi umidida bir qancha sadaqalar bilan Allohga qurbat qilgan ekan. Va singlim Zaynab ham agar Alloh azza va jalla otamga shifo bersa bir necha kun roʻza tutaman deb nazr qilgan va boshqa yaqinlarimiz ham otamni shifosi maqsadida turli ibodatlar ila qurbat qilishgan ekanlar. Bir kuni otam menga shu kasallik kunlarida bir tush koʻrganlarini aytdilar tushida oldilarida bir nechta qutichalar turgan va uni ichida dorilar bor ekan. Bir kishi kelib otamga aytibdi » Bular sizga hadiya bunisi Tavfiqdan , bunisi Zaynabdan ……» deb sanab ketibdi, va ohirida ularni ichidagi eng katta eng chiroylisini ko’rsatib » Bu sizga oʻgʻlingiz Muhammad Saiddan sovg’a” debdi. Shunday qilib Alloh azza va jalla bizga himmat koʻrsatib otamga shifo berdi va yana oʻzini unda ibodat uchun holi qoladigan ziyoratchilarni kutadigan kichik hujrasiga qaytidilar va G’azzoliyning “Ihyou ulumid-din” kitobidan dars berishni boshladilar. Otam koʻrgan bu tushdan mening hursandchiligim juda katta boʻldi. Chunki bu narsa menda ishonch va hotirjamlikni ziyoda qildiki Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni mavludlarini zikri, agar niyat holis, maqsad sof boʻlsa mabrur maqbul ish boʻlar ekan. Bilim yurti 3- kurs 80-guruh talabasi Tohirov Dilshodbek Bilim yurti matbuot xizmati