Amallar savobini mayyitga bagʻishlash.

0
149

«Hidoya»da keladi: Ahli sunna val jamoani amallar savobini bagʻishlash borasida mazhabi shuki, albatta inson oʻz amalini savobini boshqaga bagʻishlashi mumkin, u amal namoz boʻladimi, roʻzami yo sadaqa, Qurʼon qiroati, zikrlar va duolar boʻladimi farqi yoʻq. Bu borada suyaniladigan asos muhaddislardan bir jamoasi rivoyat qilgan hadis: «أَنَّ النَّبِيَّ صَلّٰى اللهُ عَلَيْهِ وَ سَلَّمَ ضَحّٰى بِكَبْشَيْنِ: ِأَحَدُهُمٰا عَنْ نَفْسِهِ وَالْآخَرُ عَنْ أُمَّتِه» yaʼni «Nabiyyomiz sollallohu alayhi va sallam ikkita qoʻchqorni qurbonlik qildilar: bittasi oʻzlari uchun, boshqasi ummatlari uchun». Imom Daroqutniy rivoyat qildilar:»Bir kishi Nabiyyomiz sollallohu alayhi va sallamdan soʻradi — meni ota-onam bor edi men ularni hayot paytlarida ularga koʻp yaxshilik qilar edim, ularni vafotidan soʻng ularga qanday yaxshilik qilaman? Javob berdilar: «Albatta yaxshilikdan keyingi yaxshilikdandir ikkisi uchun oʻz namozing bilan birga namoz oʻqimogʻing va oʻz roʻzang bilan birga roʻza tutmogʻing». Imom Navaviy «Zikrlar» kitobida aytadilar: Ulamolar ijmo qildilarki albatta duo oʻlganlarg foyda beradi va duoning savobi unga yetadi.

✍ Nuriddin Abul Hasan Aliy ibn Sulton Muhammad al-haroviy al-qoriy

📚Fathu Babil Inoyati bisharhi an-Niqoyati

Bilim yurti 4-kurs 78-guruh talabasi

Fozilov Xojiakbar

Load More In МАҚОЛАЛАР