МАҚОЛАЛАР Vafot munosabati bilan mavlud qilish. 28 апреля, 2023 0 132 Savol: Bir kishi vafot etgandan uch kun yoki bir hafta yoki qirq kun yoki bir yildan so’ng mavlud va nabaviy maqtov bo’lgan tadbirlar qilish joizmi?Xususan marhum olim yoki obroʻli kishi bo’lsa,bu hunuk sanalgan bid’atmi yoki yo’q? Javob: Mavlud qilishlikni oʻziga shariy bid’at deyishlik mumkin emas,chunki shariy bid’at zalolatdir va zalolat do’zaxdadir.Modomiki mavlud halqalari shariatga zid kelmasa misol uchun taomlantirish,musulmonlarni jamlash,maviza qilish,g’uludan xoli bo’lgan maqtovlar shariy lafzlar bilan boʻlsa,bunga zalolat bo’lgan bid’at deb hukm qilinmaydi. Agar zikr qilingan mavludga ulamolar tarafidan «bid’at» so’zi ishlatilsa bundan lugʻaviy bid’at ya’ni yangi koʻrinish nazarda tutilgan boʻladi chunki bu ish oldin boʻlmagan keyin paydo boʻlgan ishdir. Ammo musulmon mavlud qilish Nabiy sollallohu alayhi vasallamning yoki Xulafolarning sunnatidan deb eʼtiqod qilsa yoki mavlud halqalarida shariatga zid keladigan narsalar bo’lsa,bu tarzda mavlud tadbirlarini qilish bid’at va zalolat boʻladi. Uch kungacha ta’ziya qilish shariatda bordir.Bu ta’ziyda bugungi kunda boʻlayotgandek ovoz kuchaytirgichlarda Qur’on tilovat va marhum ahli tarafidan insonlarga taom tayyorlash va isrofgarchilik qilish va ta’ziyani mavlud bilan tugatish kabi amallar qilinmaydi. Ta’ziyani uch kundan koʻproq davom etishi va har yili hayit bayramlarida takrorlash islom shariatiga ziddir.»Qirq» yoki «yil» kabi marosimlar nasroniylarning odatlaridandir,bularni qilish joiz emas.Mana shu yoʻsinda mavlud qilish ta’ziya sunnatiga toʻg’ri kelmaydi.Demak «Qirq» va «yil» marosimlarini qilish,azada musulmonlardan boshqaga taqlid qilish va ularni ibodatlaridan ta’sirlanish sababidan joiz emas .Biz ahli kitoblarga hatto ibodat koʻrinishlarda ham teskari ish qilishlikka buyrilganmiz. ✍️Shayx Doktor Abdumalik ibn Abdurrahmon as-Sa’diy. 📚»Daqiq islomiy tushunchadagi bid’at» kitobidan. 4-kurs 78-guruh talabasi Odiljonov Abdulaziz