Navh ilmining shakllanishi

0
430

Hijriy 67 yil Abul asvad ad- Dualiy rohmatullohi alayhning buyuruqlari bilan nahv faniga asos solganlar. U kishidan keyin bu fanni Xolil ibn Ahmad rohmatullohi alayh davom  ettirib, to’ldirdilar. Bu holat hijriy 165 — yillarda bo’lgan. Xolil ibn Ahmad rohmatullohi alayh «Mo’jam» tuzganlar. 180 -hijriy yilda Xolil ibn Ahmad rohmatullohi alayhning shogirdlari Imom Sibavayh ustozining ishlarini davom ettirib, tuzilgan fanga misollar, qoidalar kiritib, ancha boyitdilar va bu haqda kitob yozdilar. Mana shu kundan boshlab nahv ilmida Sibavayh rohmatullohi alayhning kitoblari asosiy manba bo’lib qoldi
Nahv maktablari
1. Kufa maktabi – Abbosiylar davrida Kufada tashkil qilingan
2. Basra maktabi – Abbosiylar davrida Iroqning Basra shahrida shakllangan bo’lib,  Xalil ibn Ahmad rohmatullohi alayhning ilmlari asosida sug’orilgan.

Sayyid Muhyiddin maxdum o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudarrisi: Sayyidafzalxon domla Zikriyayev tayyorladi.

Load More In МАҚОЛАЛАР