Avliyolarning sifatlaridan biri amallari bilan Allohning roziligini umid qilishlaridir.

0
162

Ibn Siringa «bizga namoz o‘qib bering»- dedilar.
U kishi «Yo‘q. Men sizlarga namoz o‘qib bermayman, so‘ngra insonlar tarqaladilar va «bizga Ibn Sirin namoz o‘qib berdi» deyishlaridan qo‘rqaman» — dedilar va mashhurlikdan qo‘rqib namoz o‘qib berishlikka unamadilar.

Ibrohim Naxaiy haqida aytadilar: Agar u zotning huzurida to‘rt kishi to‘plansa, o‘rnidan turib ketar va aytar edilar «insonlar menga jamlanishlaridan qo‘rqaman».

Demak avliyolarning o‘ziga xos sifatlaridan biri amaldagi ixlosdir. Alloh ta’olo Zumar surasining 3-oyatida aytadi «Ogoh bo‘linki xolis din Allohnikidir»- deb marhamat qilgan.

Birinchi navbatda o‘zimni va sizlarni amalni faqat Alloh rizoligi uchun qilishga chaqiraman.

Shofeiy olimlaridan bo‘lgan Abu Is’hoq Shiroziy biror gap aytsalar yoki dars bersalar ikki rakat namoz o‘qib, o‘zi uchun qabul qilishini duo qilar edilar.

Dunyoga mav’iza qilgan Ibnul Javziy agar va’z nasihat qilmoqchi bo‘lsalar qattiq yig‘lab «qabul qilgin» — deb duo qilar edilar.

Ahlisunna Valjamoaning boshqalardan farqi ham mana shu-amaldagi ixloslaridir.

Sahih hadisda shunday deyiladi: Alloh tabaroka taolo, bandalar amallari bilan hisob kitob qilinadigan kunda riokorlarga aytadi: «Dunyoda amallaringni ular uchun riyo qilgan kishilaringni oldiga boringlar. Bas qaranglar-chi ularning oldida mukofot topa olarmikinsizlar».

Ixlos — qiladurgan amalingizning savobini faqat Allohdan umid qilishdir.

«Ihfazillah yahfazukAlloh» kitobi asosida:
Abdulhamid domla Abdullaev tarjimasi.

Load More In МАҚОЛАЛАР