МАҚОЛАЛАР ABADIY MO’JIZA 22 января, 2024 0 372 1) Mo’jizaviy kitob: Qur’oni Karim Alloh taoloning O’z payg’ambari Muhammad alayhissalomga voqealar rivojiga ko’ra bosqichma bosqich nozil qilgan mo’jizasidir. Qur’oni Karimni tadrijiy nozil qilnishidan ko’zlangan hikmat Payg’ambar alayhissalomning va musulmonlarning qalblarini sobit qilish va uni yodlash ularga oson bo’lishidir. Bu borasida Alloh taolo O’zining Kalomida quyidagi oyatni nozil qilgan: 《Kufr keltirganlar:»Unga Qur’on bir yo’la nozil qilinsa edi», dedilar.Biz sening qalbingni u bilan sobit qilish uchun shunday qildik va uni dona-dona qilib o’qidik.》 (Furqon surasi 32-oyat) 2)Qur’oni Karimning ojiz qoldirishi: Qur’on o’zining uslublari, lafzlarining ishlatilishi va ajib ma’nolari bilan aqlni lol qoldiradi. Uning ojiz qoldirishiga dalolat qiladigan oyatlar juda ko’p. Har safar insoniyat ilmda yangi cho’qqiga erishsa, uning mo’jizasini tasdiqlaydigan yangidan yangi holatlar yuzaga chiqadi. Buning yorqin dalili- Qur’on Karimda undan avval insonlar bilmagan ilmu-ma’rifatlarning katta qismini o’z ichiga olganidek o’tgan ummatlarning xabarlari va qissalari haqida bayon qilinganidir. Va shu bilan birga Qur’ni Karimda insonlarning aqidasini, ibodatini isloh qiladigan va ularning ijtimoiy-siyosiy holatlarini va iqtisodiy axvolini to’g’rilaydigan oyatlar nozil qilingandir. 《Senga kitobni har bir narsani bayon qiluvchi etib, musulmonlarga hidoyat, rahmat va hushxabar qilib nozil etdik》(Nahl surasi 89-oyat) 3) Qur’onning nozil bo’lishi: Qur’on Rosuli Akram sallollohu alayhi vasallamga Jabroil alayhissalom vostasida bosqichma-bosqich nozil bo’lgan.Alloh taolo Shuaro surasida shunday marhamat qiladi: 《93.Uni Ruhul Amin olib tushdi.94.Sening qalbingga, ogohlantirguvchilardan bo’lishing uchun.95. Ochiq oydin arab tilida.》 4) Suralarning taqsimlanishi: Qur’ni Karim suralari Makkiy va Madaniy suralar turkumiga bo’linadi. Makkiy suralar garchi ularning nozil bo’lishi Makka tashqarisida bo’lsa ham, Madinai Munavvaraga hijrat qilinishidan avval nozil bo’lgan suralardir. Madaniy suralar esa agarchi Makka shahrida vorid bo’lgan bo’lsa ham hijratdan keyin nozil bo’lgan suralardir. Makkiy suralar ko’pincha oyatlari qisqa, yod olish uchun oson bo’ladi. Makkiy suralar bir necha mavzularni qamrab oladi: Allohning yagonaligi, islomga da’vat, qiyomat haqligi, avvalgi o’tgan anbiyo va payg’mabarlarning qissalari va shu kabi mavzular. Makkiy suralar tahminan Quro’ni Karimning uchdan ikki qismiga to’g’ri keladi. Madaniy suralar esa, ularning oyatlari uzun holatda kelgan va yangi mavzularni qamrab olgan: Farzlar, jazolar, haq-huquqlar, jihod va boshqa mavzular. 5)Qur’oni Karimning jamlanishi: Qur’on 23 yil mobaynida yer osmonidan Payg’ambar alayhissalomga bosqichma-bosqich nozil bo’ldi. Ul zotning huzurlarida Qur’onni yozib boradigan sahobalar bo’lib, har qachon Qur’onndan bir yoki bir necha oyat nozil bo’lgan paytda uni yozib olishga buyurib shunday der edilar: «Bu oyat yoki oyatlarni mana bu suraga qo’yinglar» der edilar. Nabiy sallollohu alayhi vasallam davrlarida Qur’ni Karim yahlid bir kitob ko’rinishida jamlanmagan edi. Qur’onning kitob korinishida jamalnishi avvalgi halifa Abu Bakr Siddiq (r.a.) zamonlarida, hijriy 12-yilda sodir bo’ldi. Chunki bu davrda murtad bo’lganlar bilan Yamoma urushi bo’lib o’tdi. Unda Qur’onni to’liq yod olgan sahobalarning 70 nafari shahidlik maqomini topdilar. Shu sababli Abu Bakr (r.a.) uni jamlash fikriga keldilar va bu ishni qildilar. Qur’ni Karim Abu Bakr Siddiq (r.a.) hayotlik chog’larida, u zotnimg uylarida turdi. So’ngra Umar ibn Hattob (r.a.) ga topshirildi. U zotning vafotlaridan so’ng qilzari Hafso (r.a.) huzurlarida saqlandi.Hafso esa Qur’oni Karimni Usmon (r.a.) ning iltimoslariga binoan u zotga topshirdi. So’ngra Qur’oni Karim Usmon (r.a.) halifalik qilgan davrda yagona suratga keltirilgan va undan nusxalar ko’chirtirib har bir shaharga yuborgan. O’z oldidan bitta mushafni saqlab qolgan. Bilim yurti 3-kurs talabasi: Abduqahhorov Abbosbek tayyorladi.