Qur’on qissalari bayon etilgan mashhur kitoblar

0
671

Qur’on qissalari haqida so’z olib boradigan, gapiradigan ishonchli kitoblarga kelsak, ular juda ko’p. Bu borasida ulamallar juda ko’p kitoblar yozgan bolib ularni sanab hisobiga yetolmaymiz baʼzi ulamolar Qu’ron qissalari haqida yozilgan kitoblarni sinab koʻrganlarida hatto ikki yuzga yaqin kitobni zikr qilishgan, Qurʼon qissalari haqida berilgan sahih maʼlumotlarga keladigan bolsak ular asosan quyidagi kitoblardir jumladan: ishonchli tafsir kitoblari: Tabariy, al-Bag’aviy, Ibn Kasir va as-Sa’diy va tarix kitoblari: Ibn Kasirning «Ibtido va oxir» kitobi va boshqalar.
Shu oʻrinda qu’ron qissalarini yetib aynan quron hissalariga maxsus shaklda yozilgan zamonamizdagi va oldin ham borgan mashhur kitoblarni zikr qilib o’tsak maqsadga muvofiq bo’ladi.
Qisosul anbiyo
Bu kitob Imom Hofiz ibn Kasir rahmatullohi alayhniki bolib u kishini toʻliq ismi Abu al-Fido Ismoil ibn Umar ibn Kasir ( ‏أبو الفداء إسماعيل بن عمر بن كثير) boʻlib, Imoduddin (dinning ustuni) deb sharaflangan. Hijriy 700 (milodiy 1301) yilda Suriyaning Damashq sharqidagi Busro shahrining Mijdal qishlogʻida tavallud topgan. Ibn Taymiya va az-Zahabiylardan taʼlim olgan.
Oʻsha davrdagi Suriyaning etuk olimlaridan boʻlmish Al-Mizziyning qiziga uylanadi va shu bilan olimlar jamiyatiga qoʻshiladi. 1345-yilda qaynotasining vatani boʻlmish Mizzada qurilgan yangi masjidda xotib boʻlib tayinlanadi. 1366-yilda Damashqning Buyuk Masjidida mutaxassis darajasiga koʻtariladi.
Hayotining soʻngida koʻr boʻlib qoladi. Koʻr boʻlishining sababi qilib Ahmad Ibn Hanbalning Musnadini rivoyatchi emas balki mavzu boʻyicha tartibga solish uchun kechasilari kech ishlaganlikda qilib koʻrsatgan. Damashqda 1373-yil (774-hijriy) fevral oyida vafot etgan.

Qissatun fil Quranil Karim
Bu kitob Muhammad Sayyid Tantoviy rahmatullohi alayhning kitobi bolib -, xususan, Qur’on ilmi tadqiqotchilari va umuman islom ilmining boshqa mutaxassislari uchun qimmatli kitoblardan biri hisoblanadi. Chunki Tantaviy rahmatullohi alayhning Qissa fil Quranil karim Qur’oni Karimdagi Qissa kitobi Quroni Karim ilmlari va Quroni Karimning tafsiri bilan bogliq tegishli fanlarni organish doirasiga kiradi.
Tantoviy rahmatullohi alayh bu asari insonlarga utgan qavmlarning xabarlari va ulardagi ibratli voqialarni xabar berish bilan bir qatorda ular yol quygan xatolar va allohga isyon qilganliklarini ibrat qilib keltirilgan. Bu kitobda keltirilgan qissalar biz kattayu-kichik musulmonlarga balki barcha insonlarga ibrat boladigan darajada yozilgan buyuk asarlardan biri hisoblanadi.
Qisosun nabiyyina lil-atfol
Bu kitob Abul Hasan Ali al-Hasan an-Nadaviyning kitobi bolib Yosh bolalar uchun Paygambarlar qissasi manosidadir.
Farzandlarimiz qalbida Alloh va Uning paygambarlariga muhabbat, ularning gozal fazilatlari, ezgu axloqi, togri xulq-atvoriga amal qilish ruhini singdirish zarur bolganligi sababli, ertaklar bolalarning qalbiga sevimli bolgan material ekan. Paygambarlar sallallohu alayhi va sallamning barcha qissalarini oz ichiga olgan ushbu kitobchada ulug adib va olim Abu al-Hasan an-Nadaviy juda ko‘p mehnat qilgan bo‘lib, u o‘z uslubida bolalarga qaratilgan bo‘lib, ularning didiga ko‘ra. onglarini oson, ravshan va qiziqarli tarzda ularga Islomni sof holida ko‘rsatib, qalblarida Islom nuri, qalblarida uning yorugligi bolib ulgayishlari uchun. Ushbu nashr ko’plab musulmonlarga foyda keltirishi umidida frantsuz tiliga tarjima qilingan.
Bu kitobni Abu Al-Hasan Al-Nadaviy aslida yosh bolalar uchun xoslab chiqargan bolsada uylaymanki bu kitob kattalarga ham juda manfaatli hisoblanadi.
Qisasul Qurʼon
Bu kitob Abdulvahhob Najjorning kitobi bolib  Al-Azhar universitetida 1930 yilda o’qilgan ma’ruzalar iborat, uning muallifi uni shunday tartibga solib qo’yganki, u Payg’ambarning ismini, Qur’onda u zotning soni va joylarini eslatib o’tadi, so’ngra har bir voqea xabarini to’playdi.

Manbalar asosida
Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi
Fazliddin domla Nizomov tayyorladi.

Load More In МАҚОЛАЛАР