ЯНГИЛИКЛАР #Tashrif 7 февраля, 2024 0 337 Soha rahbarlari «Sayyid Muhyiddin maxdum» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi talabalari bilan muloqot oʻtkazdilar 2024-yilning 7- fevral kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi oʻrinbosarlar Jaloliddin domla Hamraqulov, Din ishlari boʻyicha qoʻmita Diniy-ma’rifiy tashkilotlar va ilmiy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarma boshligʻi Muhiddin Hakimovlar Andijon «Sayyid Muhyiddin maxdum» oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasiga tashrif buyurdilar. ▫️Tashrif davomida mehmonlarga bilim yurti mudiri Rustamjon domla Mahmudov, oʻquv ishlar boʻyicha mudir oʻrinbosari Qahramon domla Israilovlar hamrohlik qildilar. ▫️Tashrif davomida masʼullar taʼlim muassasasi oʻqituvchi va talabalari bilan uchrashib muloqot oʻtkazdilar. ▫️Muloqotda Oʻzbekistondagi diniy-ma’rifiy islohotlar, oʻqituvchi va talabalar masʼuliyati, ilmning fazilati, imomlik sharafi, bilimli va dunyoqarashi keng diniy kadrlarga boʻlgan ehtiyoji kabi masalalar yuzasidan soʻz yuritildi. ▫️Maʼruzachilar mavzularni oʻz hayotiy tajribalari asosida qiziqarlik va tinglovchilarni keng fikirlashga undaydigon misollar bilan bayon qilib berdilar ▫️Davra suhbati davomida talabalar ham faol ishtirok etib ozlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.