МАҚОЛАЛАР O‘rta Osiyodagi noyob ziyoratgohlardan biri 8 февраля, 2024 0 253 O‘rta Osiyodagi noyob obidalardan biri Zangi ota nomi bilan mashhur bo‘lgan so‘fiylik targ‘ibotchisi shayx Oyxo‘ja ibn Tojxo‘ja sharafiga shunday ataladi. Gumbazli darvozaxona orqasida ikkita pastak minora, ularning janubi-g‘arbida XX asr boshlarida kurilgan shiypon va minora bor. Uning janubi-g‘arbida gumbazli, g‘isht ustunli, devorlar yozuvlar bilan bezatilgan peshayvonli masjid, hovlining qolgan uch tamonida bir qavatli hujralar joylashgan. Zangi otaning asli tug‘ilgan va yashagan maskani Shosh viloyati bo‘lib, Toshkent bilan Qovunchi oralig‘idagi Zangi ota nomli qishloq. Zangi otaning butun hayoti Movarounnahr xalqlarining eng og‘ir davriga to‘g‘ri keladi. Shunday og‘ir bir paytda Zangi ota va uning shogirdlari xalq ommasini qahramonlik, vatanparvarlik, mehr-shafqat kabi eng oliy umuminsoniy g‘oyalar bilan oziqlantirdi. Zangi otaning bu xizmatlari vaqti kelib Amir Temur tomonidan munosib taqdirlandi. Zangi otaning qabri ustida maqbara qad rostladi. 1420 yilda esa Mirzo Ulug‘bek uning ustiga hozirgi peshtoqni bunyod ettirdi. Manbalar asosida Bilim yurti mudarrisi Muhammadyahyo domla Mahmudov tayyorladi.