МАҚОЛАЛАР Ramazonda har kuni jannat bezatiladi 13 марта, 2024 0 225 Jannat o‘zi ta’rifiga til, fikrlashga aql ojiz darajada go‘zal. Ammo Ramazon kunlari u yanada bezatilar ekan. Hadisda: «Alloh taolo Ramazonda har kuni jannatini bezatadi», deyilgan. Imom Ahmad va Bayhaqiy rivoyat qilgan. Ramazon ro‘za ibodati oyidir. Ramazon oyining eng buyuk xususiyati, fazilati – uning ro‘za oyi ekanidir. Ro‘zaning dunyaviy va uxraviy: ruhiy, jismoniy, axloqiy, ijtimoiy, iqtisodiy va boshqa ko‘plab foydalari barchaga ma’lum. Biz ushbu oyning sharofati bilan ana shunday buyuk ibodatga sazovor bo‘lamiz. Ro‘za ibodatiga tegishli barcha fazilatlar bevosita Ramazon oyiga bog‘liqdir. Islom dinining besh ruknidan biri bo‘lgan ro‘za ibodati uchun aynan Ramazon oyining tanlanishi bu oyning fazli uchun yetarlidir. Qiyomul-layl va tahajjud fazilati. Qiyomul-layl – kechani ibodat bilan bedor o‘tkazishning fazilati juda ham ko‘p. Ammo Ramozon kechlarida ibodat qilishning alohida fazilati bor. Shu bois, bunga hadislarda qayt-qayta targ‘ib qilingan. Barcha Sahih to‘plamlarda Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Ramazonning kechasini iymon bilan, savob umidida ibodat bilan o‘tkazsa, o‘tgan gunohlari mag‘firat qilinadi», deganlar. Manbalar asosida Bilim yurti mudarrisi: Muhammadyahyo domla Mahmudov tayyorladi.