Ro‘zani ochib yuboruvchi zamonaviy omillar

0
188

Burunga tomiziluvchi dorilar bo‘lib, ular ro‘zani ochadimi?

Keyingi davr olimlari bu borada ikki xil fikr yuritadilar.
Birinchi fikrga ko‘ra: mazkur tomizish ro‘zani ochadi. Ularning dalillari: Laqit ibn Sabura zikr qilgan hadisda payg‘ambar s.a.v. unga «G‘usl qilayotganingda burningi ichiga to‘liq suv yetqazgin magar ro‘zador bo‘lsang unday qilma ya’ni suvni qattiq tortma» deganlar.
Demak, bu shuni ko‘rsatadiki: burun oshqozon uchun bir yo‘l. Shunga ko‘ra, burunga suv tomizishdan ham payg‘ambar s.a.v. qaytargan hisoblanadilar.
Yana payg‘ambarimiz s.a.v. ning burunga suvni qattiq tortishdan qaytarishlari zaminida boshqa har qanday narsaning ham oz bo‘lsada burunga kirgazishdan man’ etilganiga dalolat yotadi. Chunki, burunga suvni qattiq tortilganda kirgan suv miqdori ham ozni tashkil etadi.
Ikkinchi fikr egalari esa: mazkur tomizish ro‘zani ochmaydi deydilar. Ularning dalillari: yuqorida og‘iz chayqalgandan keyin qolgan suvga qiyosan burunga tomizilgan tomchidan oshqozonga yetib boradigani ham juda oz miqdorni tashkil etadi.
Chunki, bir tomchi suv= 0.06 sm. kubga tengdir.
Mazkur tomchi burunga kirar ekan undan o‘tib oshqozonga yetib borishi qiyin va borgani ham oz miqdorni tashkil qiladi. Shuning uchun mazkur miqdorni afv qilinadi.
Shuningdek, asl qoida ro‘zaning durustligidir. Uning bu yo‘l bilan ochilishi esa, shak-shubhalidir. Asl qoida esa, ro‘zani durust holda qolishi chunki aniq narsa gumon bilan yo‘q bo‘lmaydi.
Ushbu har ikkala fikr ham quvvatda tengdirlar.

Manbalar asosida Bilim yurti mudarrisi: Oybek domla Sottorov tayyorladi.

Load More In МАҚОЛАЛАР