МАҚОЛАЛАР Ro‘zani ochib yuboruvchi zamonaviy omillar 16 марта, 2024 0 208 Behush qilish (anesteziya) U bir necha turga bo‘linadi: 1. burun orqali juz’iy ya’ni to‘liq kun davomida emas balki ma’lum bir soatlarga qadar va insonning barcha a’zolarini emas balki ma’lum bir qismini behush qilish. Ya’ni bemor gazli moddani hidlaydi va bu uning asab tolalariga ta’sir o‘tqazadi, natijada behushlik sodir bo‘ladi. Bu esa, ro‘zani ochmaydi chunki, burunga kirayotgan gazli modda jism emas hamda ozuqaviy moddalarga ham ega emasdir. 2. Xitoyliklarga xos bo‘lgan juz’iy behush qilish: Bu quruq ignani teri ostidagi sezgi markazlariga yuborish bilan amalga oshiriladi. Natijada, mazkur igna ichki sekretsiya bezlarini qo‘zg‘otadi va ular jism tarkibida mavjud tabiy morfiy moddasini ajratib beradilar va shu yo‘l bilan bemor sezish qudratini yo‘qotadi. Bu modomiki badanning barchasini emas balki ma’lum bir qismini behush qilsa ro‘zani ochmaydi. Chunki, bu usul qo‘llanganda qorin bo‘shlig‘iga hech qanday modda kirib bormaydi. Emlash (shprits) orqali juz’iy behush qilish: Bu tez ta’sir qiluvchi dorini shprits orqali qon tomirga yuborish bilan amalga oshadi. Natijada, bemor sanoqli soniyalarga og‘riqni sezmay turadi. Bu ham modomiki juz’iy bo‘lib, qorin bo‘shlig‘iga yetib bormas ekan ro‘zani ochmaydi. 4: Kulliy ya’ni insonning butun tanasini behush qilish. Bu borada ham olimlar turlicha fikrdadirlar. Qadimdagi olimlar behush bo‘lgan odamning ro‘zasi durust bo‘ladimi? Degan savol ustida bahs yuritganlar va bu ikki holatdan xoli emasdir. 1: ro‘zadorning kunduzining barcha qismida behush bo‘lmog‘i va kunning biror bo‘lagida ham o‘ziga kelmasligi bo‘lib, ko‘p qism olimlar mazkur kimsaning ro‘zasi durust deb hisoblanmaydi deganlar. Bunga dalil: payg‘ambar s.a.v. hadisi qudsiy da «Odam bolasining barcha qilgan amallari o‘zi uchundir magar ro‘za chunki u men uchundir va men unga loyiq mukofotni o‘zim beraman. Chunki, bandam kun davomida men uchun ovqatlanish va shahvatini tark qilayabdi» dedilar. Mazkur hadisda ovqatlanish va jinsiy aloqadan tiyilishni ro‘zadorga nisbat berilmoqda. Behush kimsaga nisbatan bu ma’no to‘g‘ri kelmaydi. (ya’ni behush kimsa bu amallarni o‘z ixtiyoricha bajarmadi shuning uchun u ro‘za tutgan deb hisoblanmaydi). 2: kun davomida emas balki kunduzining ma’lum bir qismida behush bo‘lish. Bu esa, ayni ixtilof o‘rnidir. U kunduzining bir qismida o‘ziga kelsa uning ro‘zasi durustdir. Bu Ahmad va Shofeiylarning so‘zlaridir. Imom Molikga ko‘ra: uning ro‘zasi mutlaq durust emas. Abu Hanifa r.h. ga ko‘ra esa: behush odam zavol (peshin vaqti kirishidan sal oldin) o‘ziga kelsa qaytadan ro‘za tutishga niyat qiladi va uning mazkur ro‘zasi durust bo‘ladi. Chunki, ro‘zaga niyat qilish kunduzining zavoldan oldingi qismida paydo bo‘ldi. Shunga ko‘ra, tibbiy behush qilishdagi hukm ham tabiy behush bo‘lishga qiyoslanadi va har ikkisining hukmi bir xil bo‘ladi. Manbalar asosida Bilim yurti mudarrisi: Oybek domla Sottorov tayyorladi.