Ramazon ruhan poklanish, axloqan yuksalish oyidir.

0
192

Ramazonda shaytonlar kishanlanib, insonni yomonlikka chorlovchi vasvasalari cheklanib, kishilarga o‘zlarini tarbiyalashga imkon beriladi. Binobarin, bu oyda qilingan gunohning jazosi qattiqroq bo‘ladi. Shu bois, hadislarda Ramazonda barcha axloqsizliklardan, gunohlardan poklanishga qattiq targ‘ib qilingan. Hatto, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim yolg‘on gapirishni va unga ko‘ra amal qilishni qo‘ymasa, uning taom va ichimligini tark etishiga Allohning ehtiyoji yo‘q», deganlar. Bu hadisni Buxoriy, Abu Dovud va Ibn Mojalar Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilgan.
Ramazon sabr-bardosh oyidir. Ro‘za tutib, bir qator noqulayliklarga, mashaqqatlarga qaramay, o‘zining eng muhim ehtiyojlarini tiygan kishi sabr va chidamning eng yuqori darajalarini o‘zlashtiradi. Shuning uchun ham, Abu Fazl keltirgan hadisda: «U (Ramazon) sabr oyidir, sabrning savobi esa jannatdir», deyilgan.
Ramazon rizq-ro‘zlarga barka beriladigan oydir. Salmon roziyallohu anhuning hadisida: «U (Ramazon) mo‘minning rizqi ziyoda qilinadigan oydir», deyiladi.

Manbalar asosida Bilim yurti mudarrisi:
Rahmatulloh domla Umarov tayyorladi.

Load More In МАҚОЛАЛАР