МАҚОЛАЛАР Salavoti sharifning fazilati 14 сентября, 2024 0 183 Alloh taolo hech narsaga, hechkimga ehtiyoji bo‘lmagan holda, O‘z Payg‘ambari hazrati Muhammad sollallohu alayhi vasallamga salavot aytadi, bas, bunga ko‘ra, ummatlarining ul zotga salavot aytmog‘i naqadar zarurdir. Chunki mo‘minlar u zotning shafoatlariga muhtojdirlar. حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ بَشَّارٍ [بُنْدَارٌ ] ، حَدَّثَنَا مُحَمَّدُ بْنُ خَالِدٍ بْنُ عَيْمَةَ، حدتَنِي مُوسَى بْنُ يَعْقُوبَ الزَّمْعِيُّ، حَدَّثَنِي عَبْدُ اللَّهِ بْنُ كَيْسَانَ، أَنَّ عَبْدَ اللَّهِ بْنَ شَدَّادٍ أَخْبَرَهُ، عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ مَسْعُودٍ، أَنَّ رَسُولَ الله صَلَّى الله عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: «أَوْلَى النَّاسِ بِي يَوْمَ الْقِيَامَةِ، أَكْثَرُهُمْ عَلَيَّ صَلَاة. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: “Qiyomat kunida insonlarning menga eng yakini menga eng ko‘p salavot aytganidir” (“Sunani Termiziy”, 352-bob, 484-hadis). حَدَّثَنَا عَلِيُّ بْنُ حُجْرٍ، أَخْبَرَنَا إِسْمَعِيلُ بْنُ جَعْفَرٍ، عَنِ الْعَلَاءِ بنِ عَبْدِ الرَّحْمَنِ، عَنْ أَبِيهِ، عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللَّه عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «مَنْ صَلَّى عَلَيَّ صَلَاةً، صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ بِهَا عَشْرًا Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Kimki menga bir salavot aytsa, u tufayli Alloh unga o‘n salavot yozadi”. (“SunaniTermiziy”, 352-bob, 485-hadis, hasan-sahih). Sufyon Savriy va ko‘pil mahlidan rivoyat qilinadi: “Rabbning saloti– rahmat, farishtalarning saloti– istig‘fordir”. Qur’oni karim tilovati va Allohning zikridan keyin hazrati Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salavot aytish eng savobli amallardan hisoblanadi. Chunki bu Allohning amridir. Shuning uchun solih va muttaqiy zotlar o‘z tobelariga sevikli Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salavot aytishni kunlik vazifa ham qilib beradilar. Ismoil Haqqiy Bursaviy aytadilar: “Hadisi sharifda aytiladi: “Menga salom bergan har bir musulmon bandaning salomiga alik olmog‘im uchun Alloh taolo ruhimni menga qaytaradi”. (Imom Bayhaqiy, “Shu’abul-iymon”; Imom Abu Dovud, qarang: “Al-fathul-kabir”, 3/103). Bu hadisi sharifdan chiqadigan xulosaga ko‘ra, hazrati Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam barzax olamida hayotdirlar. Chunki kechami, kunduzmi, doim ul zotga salom berib turadigan biror kishi topiladi. (“Ruhul-bayon”, 6-jild, 479-sahifa). “Eng go‘zal salavotlar” risolasi asosida tayyorlandi. Andijon “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi O‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari Q.Israilov