DUNYO BILAN ISHIM YO‘Q…

0
470

#hadisisharif

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu

 

DUNYO BILAN ISHIM YO‘Q…

 

Abdulloh (roziyallohu anhu) rivoyat qiladilar:

«Rasululloh ﷺ bo‘yraning ustida uxlagan edilar. Turganlarida yonboshlari bo‘yraning izi bilan iz bo‘lib qolgan edi. Biz:

“Ey Allohning Rasuli! Sizga yumshoq to‘shak olib beraylikmi?” — dedik.

Shunda u zot ﷺ dedilar:

“Dunyo bilan ishim yo‘q. Men bu dunyoda xuddi bir daraxt soyasida (bir oz) dam olib, so‘ng uni ortda qoldirib ketgan musofir kabiman.”(Termiziy rivoyati)

Rasululloh ﷺ dunyo rohatiga emas, oxiratga tayyorgarlikka e’tibor berar edilar.

 

Biz ham bu hayotda musofirmiz — bu haqiqatni unutmaylik.

 

Load More In ҲАДИС