ЯНГИЛИКЛАР Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev tashrif buyurib, yoshlar bilan samimiy va mazmunli muloqot olib bordilar. 26 ноября, 2025 0 188 📚 Bugun “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus ta’lim muassasasida talabalarining kasbiy mahorati, amaliy ko‘nikmalari va bilim darajasini oshirishga qaratilgan keng qamrovli davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev tashrif buyurib, yoshlar bilan samimiy va mazmunli muloqot olib bordilar. 🕌 Domla suhbat davomida nafaqat ma’naviy va axloqiy tarbiya, balki har bir yoshning tanlagan kasbiga puxta tayyorlanishi, kasbiy mahoratni muntazam rivojlantirib borishi, zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirishi va mehnat intizomiga qat’iy rioya qilishi lozimligini ta’kidladi. 🧭 Suhbat jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va domladan hayotiy tajribaga tayangan holda aniq va foydali javoblar oldilar. 🌐 Maxdum.uz —diniy maʼrifiy kanal! Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: ▶️ Telegram | 📘 Facebook | 📸 Instagram (https://t.me/maxdumuz)