MAQOLALAR Rizq 25 мая, 2026 0 131 Adham Sharqoviy. Tonngi suhbatlar turkumidan Hasan Basriy aytadi: “Bildimki rizqimni mendan boshqasi ololmas ekan, shuning uchun xotirjam bo‘ldim”. Shayx Muhammad Mutavalli Sha’roviy aytadi: “Seniki bo‘lgani zaifliginga qaramay senga keladi. Seniki bo‘lmaganga kuch bilan ham erisha olmaysan”. Rizq mol bilan bog‘liq bo‘lsa bu rizq tushunchasiga nuqson yetkazadi, uni chegaralab qo‘ygandek bo‘ladi, agar shunday desak cho‘ntagimizga tushganigina rizq, qolgani esa rizq bo‘lmay qolardi. Mehribon xotining bor uyingda, vaholanki ko‘plab xotinlar qalbi qattiq. Bu ham rizq… Mehribon ering bor uyingda, vaholanki, ko‘plab erlar bor qalbi qattiq. Bu ham rizq… Olamda qanchadan qancha bolalar onasiga oq bo‘lgan, sening esa mehribon bolang bor. Bu ham rizq… Olamda uyatsiz qanchadan-qancha yomon qizlar bor, sening esa jannatga olib boradigan qizing bor. Bu ham rizq… Sen uxlay olasan, vaholanki olamda qanchadan qancha ko‘zlar uyqudan mahrum bo‘lgan. Bu ham rizq… Sen sog‘lomsan, vaholanki atrofingda qanchadan qancha kasallar bor. Bu ham rizq… Sening qo‘l oyog‘ing bor, vaholanki ba’zi odamlar, qo‘l-oyog‘i yo kesilgan, yo ishlamay qolgan. Bu ham rizq… Sening ikki ko‘zing bor, vaholanki atrofingda qanchadan-qancha ko‘zlar bu yorug‘ olamni ko‘ra olmaydi. Bu ham rizq… Sen ona mehrini bilasan, vaholanki qanchadan-qancha odamlar onasini taniymaydi. Bu ham rizq… Sening otang bor, vaholanki, qanchadan qancha yetimlar bor bu olamda. Bu ham rizq… Sen musulmonsan, vaholanki, qanchadan-qancha adashgan odamlar borr. Bu ham rizq… Sen yegani taom topasan, vaholanki bu ko‘k osmon ostida ochlikdan o‘layotgan odamlar bor. Bu ham rizq… Sening uying bor, vaholanki, qanchadan-qancha ayollar va qizlar uysiz, ko‘chada yotadi. Bu ham rizq… Bolalaringni bemalol bag‘ringga bosa olasan, vaholanki olamda qanchadan-qancha onalar bolasini tuproqqa qo‘ygan. Bu ham rizq… Sen o‘qish yozishni bilasan, vaholanki olamda qanchadan-qancha odamlar harf tanimaydi. Bu ham rizq… Sen xohlaganingni yeysan, vaholanki ko‘plab kasal odamlar yeyish-ichishdan qolgan. Bu ham rizq… Olamda qanchadan qancha rizqlar bor, bu rizqlarni mol bilan qiymatlab bo‘lmaydi, Alloh senga taqsim qilgan narsaga rozi bo‘l, odamlarning eng boyi bo‘lasan. Birovning qo‘lidagi narsaga ko‘z tikma, baxtli yashaysan. Ta’lim muassasi 2-kurs 91-gurub talabasi Rahmonaliyev Nuriddin, arab tilidan tarjima qildi.