Farishtalar

0
1,363

Farishtalarning tarifi:Farishtalar-  Alloh taoloning buyruqlariga doim amal qiladigan bandalaridir. Ular erkak va ayollik sifatlari bilan sifatlanmaydilar.

Farishtalarni jismi bormi?!

Farishtalar turli xil goʻzal shakllarga kira oladilar. Ular latif va nuroniy jismdan iboratdir.

Farishtalar yeb ichadimi?

Yo’q ular yeb-ichmaydilar va ular bir-biridan ko’payib nasl qoldirmaydilar.

Farishtalardan gunoh sodir bo’ladimi?

Farishtalar gunoh qilish va toatni tanlashga ixtiyor berilmagan. Balki Alloh taologa davomiy ibodat qilish uchun yaratilgandir. Shunday ekan ulardan gunoh sodir bo’lmaydi. Bunga dalil

«Alloh buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat buyurilgan ishni qiladigan farishtalar (xizmat qilurlar)»  Tahrim 6-oyat

Iblis farishtalardan hisoblanadimi?

Yo’q. Iblis ulardan emas. Balki jin toifasiga kiradi. Huddi bunga Alloh taoloni so’zi dalolat qilgani kabi:

«Eslang (ey Muhammad) Farishtalarga Odamga sajda qiling, deyishimiz bilan sajda qildilar. Faqat iblis (sajda qilmadi). U jinlardan edi. Bas, Parvardigori amriga bo’yin sunishdan bosh tortdi.» (Kahf) 50-oyat

Ammo Harut va Marutga kelsak, to’g’ri gap shuki u ikkisi farishtalardandir. Ulardan kufr va kabiyra sodir bo’lmagan. Ularga Alloh taolo insonlarga imtihon o’laroq, o’zlarini xohishi bilan, sehrni bayon bilan o’rgatishni buyurgan. Dalili:

«(U ikki farishta):»biz faqatgina sinov (vositasimiz), (bizga ishonib) kofir bo’lib qolma!» — deb (ogohlantimaguncha) xech kimga (sehrni) o’rgatmas edilar». Kahf 50-oyat

Harut va marut doim itoatdadir va hech qachon osiy boʻlmaydi.

                   Vazifalari

Ularning har birini alohida vazifalar bor.

1. Alloh va Paygʻambarlar o’rtasida vositachi. Bu vazifani ichiga risolat va shariatni yetkazish, payg’ambarlarni qo’llab quvvatlash va yolg’onchilarga azobni tushirish kabi vazifalar kiradi. Bularni barchasi Jabroil alayhissalomning vazifasidir.

2. Bulutlarni haydash va yomg’irni taqsimlash. Bu Mikoil alayhissalomni vazifasidir.

3 Qiyomat kuni surni chalish. Bu Isrofil alayhissalomni vazifasidir

4. Bandalarni qilgan ishlarini yozish. Bu «Hafaza» farishtalarni vazifasidir.

5. Bandalarni jonini olish. Bu O’lim farishtalarini yani Azroil alayhissalomni vazifasidir.

6. Arshni ko’tarib turish uchun

7. Mo’minlarga istig’for aytish. Buni Hafaza va ularning yonidagi farishtalar bajarishadi.

8. Odam bolalarini har xil yomonliklardan va qiyinchiliklardan saqlash. Bu Mu’aqqib farishtalarni vazifasi.

9 Jannatdagi ishlarni boshqarish. Bu Rizvon farishtasini vazifasi.

10 Do’zaxdagi ishlarni boshqarish. Bu Molik farishtasini vazifasi.

Ularning adadi

Ular juda ko’p yaratilganki inson ularni adadini bilishga qodir emas. Meroj haqidagi voqeada keladiki: Payg’ambarimiz alayhissalom Baytul Ma’murda osmonda ekanliklarida Jabroil alayhissalomdan farishtalar haqida so’raydilar. Jabroil alayhissalom aytadilarki.» Bu Baytul Ma’murdir. Bu yerda har kuni yetmish ming farishta namoz o’qiydi. Agar u yerdan chiqsalar bu joyga qaytib kela olmaydilar.» Shunda Payg’ambarimiz alayhissalom aytdilar: «Osmon ovoz chiqardi unga ovoz chiqarish xaq bo’ldi. U yerda to’rt barmoq miqdoricha joy yo’q, bo’lsa ham farishta unga sajda qilgan bo’ladi»

Balog’atga yetgan barcha mo’min va mo’minalar ‘darhaqiqat Alloh taoloni mukarram bo’lgan va U zotni toatiga loqaydlik qilmaydigan farishtalari bor’ligiga iymon keltirishlari lozimdir.

Quroni Karimda ulardan 7 tasi hadislarda esa 2 tasi zikr qilib o’tilgan

Quroni Karimda zikri kelgan farishtalar

1 Jabroil alayhissalom

2 Mikoil alayhissalom

3 Malakul mavt farishtalari

4 Hafaza farishtalari

5 Muaqqib (taqib qilib turuvchi yani qo’riqlovchi) farishtalar

6 Arshni ko’tarib turuvchi farishtalar

7 Jannat va do’zah qo’riqchisi bo’lgan farishtalar

Hadisda kelgan farishtalar (ularni inkor qilgan bilan kofir bo’lmasa ham, gunohkor bo’ladi).

1 Isrofil alayhissalom (Quronda aniq ism bilan kelmagan bo’lsa ham vazifasi zikr qilingan)

2 Umrlarga muvakkal qilingan farishtalar.

Bilim yurti mudarrisi:

Shahboziddin Abdumajidov

Load More In MAQOLALAR