MAQOLALAR Haj islom ustunlaridan bir ustundir 18 мая, 2023 0 160 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim Alloh uchun haj qilsa, fahsh so’z aytmasa va fisqu fasod qilmasa, xuddi onasi tuqqan kunidek qaytadi”, dedilar. Ya’ni, haj davrida uyat so’zlarni aytmay, fisqu fasod ishlarni qilmay yurgan kishilar xuddi onadan tug’ilgandek begunoh holga qaytadilar. Bu haqiqatni hajga boruvchi har bir kishi eng zarur narsalar qatori qalbiga singdirib olmog’i lozim. Haj odatda kishiga umrida bir marta beriladigan fursat. Undan har bir hoji unumli foydalanishi lozim. Buning uchun hajga jo’nashdan oldin haj safarida o’ziga lozim bolgan narsalarni yaxshilab o’rganib olmogi kerak. Bandaga o’rganish lozim bolgan narsalarning eng muhimlaridan biri ushbu hadisda zikr qilinmoqda. Hajni niyat qilganidan boshlab gunohlardan onadan tug’ilgan paytdagidek pok bolish harakatiga tushish kerak. Tayyorgarlik ko’rib olib, haj davomida biror og’iz fahsh sozlarni aytmay, fisqu fasod qilmay yursa, o’sha banda, inshaalloh, murodiga yetadi. Haj qilish niyati ila ehrom bog’lagan kishi o’sha ondan boshlab to haj amallarini ado etib bo’lgunicha ibodatda boladi. Har bir hoji ushbu haqiqatni bir lahza ham unutmasligi lozim. Buyuk sahobiy Anas ibn Molik roziyallohu anhu ehrom bog’laganlaridan boshlab, to haj amallarini bajarib bo’lgunlaricha biror og’iz behuda so’z aytmas edilar. Keyingi umra o’zidan avvalgi umradan buyon sodir etilgan Alloh taoloning haqqiga oid bo’lgan malum gunohlarning yuvilib ketishiga sabab bo’lar ekan. Agar hajji mabrur bo’lsa, uning mukofoti jannatdan boshqa narsa bo’lmas ekan. Hajji mabrur riyo va gunoh ishlardan holi bo’lgan, saxiylik hamda husni xulq ila ado etilgan hajdir. Haj qiladigan odam jannatni kasb qilish uchun mislsiz katta imkoniyatga ega bo’ladi. Haj qiluvchi dinimizning besh ruknidan biri bo’lgan bu ulkan ibodatni ado etish paytida riyo va gunoh ishlardan xoli bo’lsa, saxiylik hamda husni xulq ila hajni ado etsa mazkur vada qilingan narsaga erishadi. Sayyid Muhyiddin Maxdum o’rta maxsus islom bilim yurti 4-kurs talabasi Rahmonov Abdurahmon