ILM VA JAHOLAT

0
269

Ilm va jaholat o`rtasidagi farq halol va harom masalalari oldida yaqqol namoyon bo`ladi. Ilmli inson harom narsalar Islomdagi “Hamma narsalar aslida halol bo`ladi” degan umumiy qoidadan istisno tariqasida, insonlarni manfaatlari ko`zlanib tayin qilinganligini biladi.

عن أبي الدرداء رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: ما أحل الله في كتابه فهو حلال،

وما حرم فهو حرام، وما سكت عنه فهو عفو، فاقبلوا من الله عافيته، فإن الله لم يكن لينسى شيئاً، ثم تلا وَمَا كَانَ

رَبُّكَ نَسِيًّا

Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Alloh taolo o`z kitobida halol qilgan narsalar haloldir, harom qilgan narsalar haromdir. Nimani hukmini aytmagan bo`lsa u narsa afv (muboh)dir. Alloh taolodan ofiyat (yengillik)ni qabul qilinglar. So`ngra ushbu oyatni o`qidilar “Sening Robbing unutguvchi emasdir”.

Johillar bo`lsa har narsaning asli harom bo`ladi. Inson aslida hamma ne`matlardan qaytarilgan bo`ladi deb o`ylaydilar. Natijada insonlarga mashaqqatlar tug`iladi, dindan uzoqlashish va nafratlanish hosil bo`ladi. Vaholanki Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aynan shu holatdan qaytarganlar “Insonlarga yengillatinglar, xushxabar beringlar. Ularni dindan nafratlantirmanglar. Sizlar yengillashtiruvchu bo`lib yuborildinglar, qiyinlashtiruvchi bo`lib emas”, deb marhamat qilganlar

Muqaddas dinimiz tamoyillari insonlarga yengillik qilish ustiga qurilgan. Payg`ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham ikki ishdan birini tanlashga to`g`ri kelib qolganlarida doim yengilrog`ini tanlardilar. Albatta, bu tanlagan ishi gunohga olib boradigan bo`lmasa. Sahoba roziyallohu anhumlar ham Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu namozni cho`zib yuborayotganligidan shikoyat qilishganlarida Payg`ambarimiz sollallohu alayhi valallam “Ey Muoz! Nima, siz fitnachimisiz?(bu ishingiz bilan insonlarni ibodatdan malollantirmoqchimisiz)” deb aytgan edilar.

Hozirgi kunimizda ham ayrim toifalar ham dindagi ehtiyotkorlik bu o`zini mashaqqatga solish deb o`ylaydi. Hatto farz, vojib, sunnatni farqiga bormasdan, bid`atlardan saqlanish da`vosi bilan Payg`ambarimiz qilib yurgan sunnatlardan ham saqlanadilar. Eng achinarlisi manshu to`g`ri yo`l deb qolganlarni ham o`zlariga qo`shilishga chaqiradilar, ularni xatolarini tushuntirmoqchi bo`lganlarni esa bid`atchi, fosiq, ayrim hollarda kofir deb ham ataydilar.

«Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 4-kurs 78-guruh talabasi Soliyev Usmonxon

Load More In MAQOLALAR