Imom Tahoviyning ustozlari…

0
347

Har bir yetuk olim inson yuqori darajaga yetishida, albatta, unga ustoz lozim. Shuningdek, Imom Tahoviyni mana shunday yetuk darajaga yetishlarida u kishining ustozlarining o‘rni juda katta.

1.Imom, alloma, millat faqihi, zohidlar bayrog‘i,Tahoviyning tog‘alari Ismoil ibn Yahyo ibn Ismoil ibn Amr ibn Muslim al-Muzaniy al-Misriy(vafoti hijriy 264-yil). Tahoviy u kishidan ko‘plab hadislarni eshitgan. Imom Shofe’iyning sunanlarini ham tog‘alaridan rivoyat qilgan. Ibn Yunus aytadi: “Tahoviy tog‘asi Muzaniydan ko‘p hadislar eshitgan. Imom Shofe’iyning musnadlarini u kishidan rivoyat qilgan”.Badriddin Ayniy (vafoti hijriy 855-yil)ham: “U kishining o‘z tog‘asidan qilgan rivoyatlari o‘z asarlarida ko‘pdir. Xususan, “Sharhu ma’onil-osor” asarida ham. Imom Shofe’iyning musnadlarini rivoyat qiladigan ko‘pchilik insonlar Imom Tahoviy orqali rivoyat qiladilar”, deydi.

2.Imom, faqih, muhaddis, hofiz, alloma, hanafiylar Shayxi Abu Ja’far Ahmad ibn Abu Imron Muso ibn Iso al-Bag‘dodiy (vafoti hijriy 270-yil). Bu kishi Abu Yusuf va Muhammad ibn Hasan ash-Shayboniylarning as’hoblaridan fiqhni ta’lim olgan. Misrga Abu Ayyub bilan hijriy 270-yillar atrofida kelishgan. Tahoviy bu kishidan yigirma yillarcha fiqhni o‘rgangan. Shu muddat ichida hanafiy mazhabini to‘liq o‘rgangan.

3.Faqih, alloma, qozilar qozisi, hanafiy olim Abu Xozim Abdulhamid ibn Abdulaziz as-Sakuniy al-Basriy (vafoti hijriy 292-yil), so‘ng al-Bag‘dodiy. Shom, Kufa va Bog‘dod shaharlarida qozilik qilgan. 267-yil Shomga kelganida Tahoviy u kishidan fiqhni o‘rganganlar.

4.Katta qozi, alloma, muhaddis Abu Bakra Bakkor ibn Qutayba al-Basriy (vafoti hijriy 270-yil) hijriy 246-yil jumadul oxirning sakkizinchi kuni xalifa Mutavakkil tomonidan Misrga qozi etib ta’yinlangan. Tahoviy bu kishidan ko‘proq hadisni o‘rgangan.

5.Qozi, alloma, muhaddis, Imom Shofe’iy as’hoblaridan bo‘lgan Abu Ubayd Aliy ibn al-Husayn ibn Harb ibn Iso al-Bog‘dodiy (vafoti hijriy 319-yil).

6.Imom, hofiz Abu Abdurrahmon Ahmad ibn Shu’ayb ibn Aliy ibn Sinon ibn Bahr al-Xurosoniy an-Nasoiy (vafoti hijriy 303-yil).

Aqidatut Tahoviyya kitobi asosida tayyorlandi.

Bilim yurti 4-kurs talabasi Toʻlqinjonov Hojimurod.

Load More In MAQOLALAR