MAQOLALAR Islom barcha mavjudotu maxluqotlarga rahmat bo’lib kelgan ! 5 марта, 2023 0 190 عن أبي هريرة رضي الله عنه أن رسول الله ﷺ قال:《بينما رجل يمشي بطريق اشتد عليه العطش، فوجد بئرا فنزل فيها فشرب، ثم خرج، فإذا كلب يلهث يأكل الثرى من العطش، فقال الرجل: لقد بلغ هذا الكلب من العطش مثل الذي كان بلغ بي، فنزل البئر فملأ خفه ثم أمسكه بفيه فسقى الكلب، فشكر الله له فغفر له》 قالوا: يا رسول الله: و إن لنا في البهائم أجرا ؟! فقال عليه السلام:《في كل كبد رطبة أجر》. (رواه البخاري) Abu hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi Roaululloh sollallohu alayhi vasallam 《Bir kishi yo’lda ketayotib juda chanqab ketdi. To’satdan bir quduqni uchratib qoldi. Quduqni ichiga tushib suv ichdi so’nga yuqoriga chiqsa bir it tilini osiltirib chanqab ketganidan tuproq yalayotgan edi. Shunda haligi kishi aytdiki bu it ham menga o’xshab juda ham chanqab ketibdi, dedida, quduqqa qaytib tushib etigiga suv to’ldirib og’zi bilan etigini tishlab yuqoriga olib chiqda va itni sug’ordi. Shunda Alloh taolo uni maqtadi va mag’firat qildi.》dedilar. Sahobalar: Yo Rosulalloh hayvonlarda ham biz uchub ajr bormi ?! deyishdi. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam: 《Har bir ho’l jigarda (tirik jonda) ajr bor》 dedilar. Imom Buxoriy rivoyati. Bilim yurti 4- kurs 78- guruh talabasi Rahimberdiyev Nurulloh. Bilim yurti matbuot xizmati.