Islom terrorga qarshi

0
297

Islom dini ta’limotida yurti va millatiga xiyonat qilish, begunoh odamlarning qonini to‘kish og‘ir gunoh sanaladi. Islomning muqaddas kitobi bo‘lgan Qur’oni karimda terror harakatlariga qarshi shunday oyatlar keltirilgan: “Alloh buzg‘unchilik-fasodni sevmaydi” (Baqara, 205-oyat).

    Yana bir oyatda esa: “Ey mo‘minlar, Allohga, payg‘ambariga va o‘zlaringizdan bo‘lgan boshliqlarga itoat qilinglar”, deyiladi. (Niso surasi, 59-oyat).

Islom dunyosidagi dastlabki terrorchilik harakatini qo‘llagan jamoa sifatida 657 yili vujudga kelgan “Xorijiylar” oqimini ko‘rsatish mumkin. Ushbu guruh “Gunohi kabira” (katta gunoh) qilganlar imondan chiqadi va ularga qarshi urush (jihod) olib borish kerak, deb e’lon qilgan va o‘zlariga ergashmagan musulmonlarni qirg‘in qilishgan.

        Shunday ekan, yosh avlodda mustaqil teran fikrlash, sog‘lom dunyoqarash va mustahkam iroda, qalbi va ongida sog‘lom hayot tarzi, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat-ehtirom, mafkuraviy tahdidlarga qarshi doimo sergak, ogoh va hushyor bo‘lib yashash tuyg‘usini bolalikdan shakllantirish lozimdir.

«Sayyid Muhyiddin mahdum» oʻrta maxsus islom bilim yurti 3-bosqich 82- guruh talabasi Salimov Saidakbar

Load More In MAQOLALAR