MAQOLALAR Istigʻforning samarasi 11 мая, 2023 0 154 Istigʻforning samarasi Imom Ahmad ibn Hanbal begona yurtga safarga bordi va bir masjidga kirib tunab qolmoqchi boʻldi. Endigina uyquga ketayotgan edi qorovul kelib, masjiddan chiqishini aytdi. Imom Ahmad har qancha iltimos qilsa ham qorovul koʻnmadi. – Unday boʻlsa, masjidning eshigi oldida uxlayman, – dedi Imom Ahmad. Qorovulning jahli chiqib, Imom Ahmadning oyogʻidan sudray boshladi. Shu payt masjid yonidan bir novvoy oʻtib qoldi va mojaroga guvoh boʻldi. Mojaroning sababini aniqlagach, tunab qolish uchun Imom Ahmadni oʻzi bilan uyiga olib ketdi. Imom Ahmad uy egasining hamir qorayotganini koʻrib, uning novvoy ekanini bildi. Novvoy tinmay istigʻfor aytar edi. Shunda Imom Ahmad novvoydan: “Shunchalik koʻp istigʻfor aytar ekansiz, istigʻforingizni samarasini koʻryapsizmi?” deb soʻradi. Novvoy: “Albatta, Allohdan nimani soʻrasam beryapti. Faqat birgina tilagimni bergani yoʻq”, dedi. – U nima edi? – deb soʻradi Imom Ahmad. – Zamonamizning allomasi Imom Ahmad bilan bir marta boʻlsa ham hamsuhbat boʻlsam degandim, dedi novvoy. Shunda Imom Ahmad: “Mana, men, Alloh taolo seni istigʻforing tufayli huzuringga meni oyogʻimdan sudrab keltirdi”, dedi. Bilim yurti 4-kurs 78-guruh talabasi Umarov Aslbek Bilim yurti matbuot xizmati.