MAQOLALAR Jaholatga qarshi ma’rifat»ga tarixdan bir misol 5 марта, 2023 0 131 عن أنسٍ أن أعرابيًّا بال في المسجدِ فقام إليه بعضُ القومِ، فقال رسولُ اللهِ ﷺ: دَعوه، فلما فرَغ دعا بدَلوٍ فصبَّه عليه. Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Bir a’robiy masjidga bavl qildi. Ba’zi insonlar uni to’xtatmoqchi bo’lishdi. Shunda Rosululloh sollallohu alayhi vasallam » Uni o’z holiga qo’ying» dedilar. A’robiy ishini qilib bo’lgach U zot bir chelak suvni o’sha joyga quydirdilar. Mana shu voqea jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishga yaqqol namuna bo’la oladi. A’robiy odam hech narsani bilmas edi. U o’zining odatiy hayot tarziga o’rganib qolgan edi. Masjid muqaddas joy, bu yerda Alloh taologa ibodat qilinishini anglamas edi. Bu joyda nojo’ya ishlar qilib bo’lmasligini bilmas edi. Masjidga bavl qilayotganini ko’rgan sahoba roziyallohu anhumlarning g’azablari chiqdi va unga zajr qilishmoqchi bo’lishdi. Bunday qilishlari ham tabiy edi. Chunki ularning nazdida Islom shiorlaridan biri bo’lmish masjid tahqirlanayotgan edi. Lekin mana shu joyda yana bir buyuk nabaviy ta’limotni bizlarga Nabiyyimiz sollallohu alayhi vasallam o’rgatdilar. U zot a’robiyni urmadilar ham so’kmadilar ham. Hammasini yotig’i bilan tushuntirdilar. Shuning uchun ham sahobalar U zotning ta’riflarida «Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan avval ham keyin ham U zotdek eng yaxshi muallimni ko’rmaganmiz» deyishadi. Hozirgi kunimizda ba’zi bir insonlar masjidga kirayotib mobil telefonlarini o’chirmasdan kirishadi va namoz asnosida telefonlari yangrab qolsa ba’zi bir ilmsiz kishilar dushmanga muomla qilgandek muomala qilishadi. Shu insonlar ham Payg’ambarimizning birgina mana shu voqeadagi halimliklarini tadabbur qilib ko’rishsa foydadan holi bo’lmaydi. Alloh taolodan barchamizni halim va yumshoq ko’ngil insonlardan qilishini va har bir qilayotgan amallarimizni o’zining roziligi uchun bo’lishini so’rab qolamiz ! Bilim yurti 4- kurs 78- guruh talabasi Rahimberdiyev Nurulloh. Bilim yurti matbuot xizmati.