Jaholatga qarshi marifat

0
168

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hayotlarini yaxshilab o‘rganish asnosida u zotni nafaqat ibodatda, balki, jamiyki o‘rinlarda: xulq-atvor, muomila va ta’lim berishda namuna ekanliklarini bilib olamiz.

Muoviya ibn Hakam as-Sulamiy roziyallohu anhu aytadilar: “Ota-onam u zotga fido bo‘sin! U zotdan oldin ham, keyin ham u zotdan yaxshiroq muallimni ko‘rmadim. Allohga qasamki, u zot meni jerkimadilar, urmadilar va so‘kmadilar!” (Imom Muslim rivoyati). Bunday deyishlarining sababi, kunlardan bir kuni Muoviya ibn Hakam as-Sulamiy Nabiyyimiz sollallohu alayhi vassalam bilan birga jamoatda namoz o’qiyotgan edi. To’satdan kimdir aksa urib yubordi, unga javoban Muoviya ibn Hakam as-Sulamiy » Yarhamukalloh» deb yubordi. Namozdagi boshqa sahobalarning bunda qattiq jahli chiqdi, hattoki g’azablari yuzlaridan va qarashlaridan sezilayotgan edi. Namoz tugagach Rosululloh sollallohu alayhi vasallam jaholatga qarshi marifatni yaqqol namoyon qildilar. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Muoviya ibn Hakam as-Sulamiyni chaqirib «Albatta, bu namozda odamlarning kalomidan hech narsa mumkin emas. U faqatgina tasbeh, takbir va Qur’on qiroatidan iboratdir» dedilar.

«Sayyid Muhyiddin maxdum» o’rta maxsus islom ta’lim muassasasi 4-kurs 77-guruh talabasi 4- kurs 78- guruh talabasi Rahimberdiyev Nurulloh

Load More In MAQOLALAR